1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet72/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Fakultativ qayta sug‘urtalash - proporsional qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk bo‘yicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
Fakultativ obligator shartnomasi - sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Franshiza - sug‘urta shartnomasi shartlarida ko‘zda tutiladigan sug‘urtalovchining zararni qoplashdan ozod etiladigan qismi. Franshiza sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan shartli va shartsiz franshizalarga bo‘linadi. SHartli franshizada sug‘urtalovchi belgilangan franshiza summasidan oshmaydigan zararni qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar ko‘rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa, sug‘urta kompaniyasi zararni to‘liq qoplaydi. SHartsiz franshizada ko‘rilgan zarar franshiza summasidan chegirilib qoplanadi.
Fraxt - dengiz yoki havo yo‘llari orqali yukni tashishda to‘lanadigan haq. Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishilgan narx asosida to‘lanadi. Dengiz sug‘urtasida yuklarni tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi.
Frontlashtiruvchi kompaniya - boshqa sug‘urta kompaniyasining iltimosiga ko‘ra, o‘z nomidan sug‘urta polisi beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Frontlashtiruvchi sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz
miqdorida iltimos qilgan sug‘urta kompaniyasi hisobiga o‘tkazadi va buning uchun undan komission haq oladi. Hozirgi paytda, O‘zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, “Anglo- Tashkent”, “UzAIG” sug‘urta kompaniyalari.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling