1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари
Download 1.66 Mb.
|
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq nazoratni topshirish bo’yicha
- Amaliy mashg’ulot darslariga tayyorgarligi
FOYDALI MASLAXATLARJoriy nazoratni topshirish bo’yicha:Har bir o’qitiladigan fan bo’yicha talabalarga referat mavzusi professor- o’qituvchi tomonidan beriladi. Ushbu referat mavzusi talaba tomonidan tanlov asosida tanlanadi. Talaba referat mavzusini tanlashda referat mavzusi bo’yicha manba ya’ni adabiyotlar va qo’llanmalarni o’zida his qila olishi kerak. Shuningdek talaba berilgan referat mavzusidan kelib chiqib, unga mos rejasini shakllantirish kerak bo’ladi. Bunda har bir rejasi qismini mazmun mohiyatini ochib berishi zarur hisoblanadi. Talaba berilgan referat mavzusini yakunlash qismida albatta foydalanilgan adabiyotlar qismi bilan tugatishi lozim. Oraliq nazoratni topshirish bo’yicha:Barcha o’qitiladigan fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari darslari qo’yiladi. Ma’ruza darsida talabalarga professor-o’qituvchilar shu darsda o’tiladigan mavzuni mazmun mohiyatini har bir reja asosida gapirib beradi. Talabalar o’tilgan ma’ruza darsi bo’yicha tegishli adabiyotlar va qo’llanmalar hamda me’yoriy hujjatlar ustida ishlashlari talab etiladi. Chunki 1 parada professor-o’qituvchi ushbu mavzuni to’liqligicha yoritib bera olmaydi. Shu bilan bir qatorda ushbu mavzu yuzasidan talaba o’zining tezislarini yozib nashr etishi va o’zi qiziqqan chet el davlati tajribasi bo’yicha taqdimot tayyorlab kelishi lozim. Shundan so’ng talaba belgilangan reyting ballini to’liqligicha o’z vaqtida to’plab boradi. Amaliy mashg’ulot darslariga tayyorgarligi:O’qitiladigan fanlar bo’yicha amaliy mashg’ulot darslari olib boriladi. Amaliy mashg’ulot darsi ma’ruza darsidan tubdan farq qiladi. Chunki amaliy mashg’ulot darsida o’tilgan ma’ruza darsini amaliy jihatlari bo’yicha talabalar bilan fikr va mulohazalar almashiniladi. Amaliy mashg’ulot darsida talaba ma’ruzada o’tilmay qolgan reja asosidagi savolga tayyorgarlik ko’rishi, konspekt qilishi hamda tushunmagan savolini professor-o’qituvchi berishi va ushbu mavzu bo’yicha gapirib berishi zarurdir. Shu bilan bir qatorda shu darsga mos xorijiy manbalar bo’yicha tayyorgarlik ko’rib kelib guruh talabalariga qo’shimcha ma’lumotlarni etkazib berishi va ushbu fan bo’yicha olgan mustaqil ish mavzusi ustida ish olib borishi zarur hisoblanadi. Shundagina har bir talaba J.N bo’yicha reyting ballini o’z vaqtida to’play oladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling