1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари
Download 1.66 Mb.
|
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat O‘kituvchi Talabalar
Ma’ruzani o‘kitish texnologik kartasi
ilova Sugurta bozori va xizmati haqida tushuncha Xorij mamlakatlarida marketing – bozorni o‘rganishda iste’molchilar talabini taxlil etish va tovarlar etkazib berishda muxim axamiyatga ega. Sugurta ishida marketingdan sugurta kompaniyalarining bozorda xizmat ko‘rsatish usullarini o‘rganish, xaridor bilan sotuvchining o‘zaro munosabatlari o‘rnatilishida foydalaniladi. Sugurta xizmati deganda sugurtachi tomonidan sugurtalanuvchi ko‘radigan zararni koplash bo‘yicha o‘z majburiyatini sotishi, sugurta xodisasi yuz berganda uni koplash uchun to‘lanadigan kirish (pay) va oylik badallarini to‘lab borishi natijasida vujudga keladigan sugurta fondidan jabrlanuvchiga sugurta mukofotlarini to‘lash tushuniladi. Sugurta bozorida marketingdan foydalanishdan asosiy maksad sugurta kompaniyasi tomonidan bozorga ta’sir etish bilan eng ko‘p foyda olishdir. Marketing yordamida sugurta kompaniyasining kator vazifalarini bajarish mumkin: sugurta kompaniyasi faoliyatini rejalashtirish, baxolarni belgilash, reklamani amalga oshirish, sugurta polislarini sotish va x.k. Marketing yordamida sugurta kompaniyalarini bozor kon’yukturasiga moslashtirish, sugurtaning ayrim turlari – ekologiya, kosmik, inflyasiyadan sugurtalash bo‘yicha sugurta kompaniyalarining yo‘nalishlarini belgilab olish mumkin. Sugurta bozorida marketing orkali sugurta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirishga erishiladi. SHu bilan birgalikda sugurta xizmatiga mijozlarning kizikishini uygotish yoki talabini kondirishga erishish mumkin. Sugurta bozorida marketing orkali talabni muntazam ravishda nazorat kilish, ya’ni imkoniyatlar yuzaga kelganda strategiyani kaytadan ko‘rib chikish va rakobat kurashida yangi taktikani ko‘llash orkali rakobatdoshlarni engib chikish mumkin. Rivojlangan mamlakatlardagi sugurta kompaniyalarining erishgan yutuklarini iktisodchilar ko‘pincha marketing va reklama xizmatlaridan foydalanganliklari bilan boglik deb xisoblaydilar. Xakikatda xam sugurta kompaniyalari xizmatiga bo‘lgan talab oshib borsa, foyda olishga imkon beradi. Agarda sugurta xizmatlariga bo‘lgan talab pasaygan xollari bo‘lsa, unda marketing xizmati orkali talabning pasayish sabablari taxlil etiladi, sugurta kompaniyasi tariflari kaytadan ko‘rib chikiladi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash choralari ko‘riladi. Sugurta ishida marketing xizmatining asosiy vazifasi kuyidagilardan iborat: sugurta bozoriga taklif etilayotgan sugurta xizmatini o‘rganish va taxlil kilish; sugurta xizmatlari reklamasini kuchaytirish; sugurta polisini sotishda keng mikyosda tashkiliy-targibot ishlarini o‘tkazish, mamlakatda, xududlarda va mintakalardagi o‘zgarishlarga aloxida e’tibor karatish; iktisodiy, siyosiy va migratsion o‘zgarishlarni e’tiborga olgan xolda faoliyat olib borishdan iborat. Sugurta bozori. Bozor iktisodiyoti turli mulkchilikka asoslangan xolda rivojlanib boradi. Turli mulk shakllari o‘rtasidagi rakobatning kuchayishi xar bir xo‘jalik, tashkilot va muassasa o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun tinimsiz kurash olib borishga majbur etadi. SHu rakobat kurashi orkali iktisodiy xizmatlarning sifati ishlab chikaruvchilarning malakasi va iste’molchilarning madaniyati oshib boradi. Natijada foyda olish, ko‘riladigan zararlarni oldindan chamalab, uning oldini olish va bartaraf etish usullari ishlab chikiladi va amalga oshiriladi. Xuddi shunday zararning oldini olishda sugurta tashkilotlariga bozor sharoitida talab o‘sib boradi. Bu talabni kondirish uchun mamlakatda mavjud bo‘lgan sugurta tashkilotlarining tashabbusi bilan sugurta bozori vujudga keltiriladi, bu bozorning a’zolari esa turli-tuman sugurta kompaniyalari xisoblanadi. Sugurta tashkilotlari o‘zlarining xizmatlarini turli korxonalarga taklif etadilar. Bu xizmatni ko‘rsatish va amalga oshirish sugurtachi va sugurtalanuvchi tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. Sugurta bozorining doirasi talabi, uning xizmatlariga nisbatan o‘sib borishi tufayli, maxalliy, shaxarlar, mintakalar, mamlakat xatto xalkaro sugurta bozori darajasida rivojlanib boradi. Sugurta bozori pul munosabatlarini ifodalovchi ijtimoiy-iktisodiy tuzilma bo‘lib, sugurta ximoyasi savdo-sotik ob’ekti sifatida shakllanadi va taklif yuzaga keladi. Sugurta bozorining amal kilishida sugurta xizmatlariga bo‘lgan extiyoj mikdori va shu extiyojlarni ta’minlashga kodir bo‘lgan sugurtachilarning soni muxim shart bo‘lib xisoblanadi. Sugurta bozorida sugurta xizmati talab va taklif asosida yuzaga keladigan tarif mikdori bilan baxolanadi. Xisoblar kulay bo‘lishi uchun tarif mikdorlari aktuar xisoblar orkali belgilanadi. Bunda sugurta portfeli, sugurta fondini moliyaviy barkarorligini xamda shu bilan birga anik sugurtachining xizmati, sugurtachining sarmoyaviy faoliyatiga, ish yuritish va shtatli xodimlarni saklab turish xarajatlari, ko‘zlangan foyda uchun ajratmalar va taxminiy tadbirlar bilan boglikdir. Sugurta xizmati sugurtalanuvchiga shartnoma asosida majburiy yoki ixtiyoriy sugurta ko‘rinishida ko‘rsatilishi mumkin. SHartnoma xujjati sifatida sugurta polisi yoki sugurta sertifikati beriladi. Sugurta bozorida ishtirok etuvchilar kuyidagi amallarni bajarishi lozim: sugurta ishini tashkil etish va amalga oshirishda samarali usullarni ko‘llashi; sugurtalanuvchilarning manfaatlarini ximoya kilish; sugurta to‘grisidagi konunlarga amal kilish; sugurta tashkilotlarining davlat va uning idoralari o‘rtasidagi munosabatlarini kengaytirish; sugurta tashkilotlarida ichki intizomni mustaxkamlash va x.k. Sugurta kompaniyalari sugurta bozorining asosi xisoblanadilar. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling