1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари
Download 1.66 Mb.
|
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Risk menejmenti
Retrotsessiya- 1) qayta sug‘urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni yana qayta sug‘urtalashga berish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish.
Risk- 1) bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos yaratadi. SHunday qilib, risk sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish uchun shartg‘sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o‘zaro aloqadorlik yig‘indisidir. Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. SHu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; sug‘urta ob’ekti: 3) sug‘urta javobgarligining turi. Risk menejmenti - riskni kamaytirish yoki chegaralash bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan harakati. Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va riskni moliyalashtirish. Riskli holatlar - risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveyer yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasini sug‘urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishida hamda sug‘urta qoplamalari va summalarini to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv va sub’ektiv turlarga bo‘linadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling