1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti


Download 1.66 Mb.
bet70/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti - tuzilgan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug‘urta kompaniyasining mumkin bo‘lgan eng
yuqori darajadagi javobgarligi. Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti sug‘urta polisida o‘z aksini topadi.
Sug‘urtani turkumlash (klassifikatsiyalash) - 1) sug‘urta turlarini ierarxiya ko‘rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo‘linishi. Bunda har bir keyingi bo‘g‘in oldingi bo‘g‘inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug‘urta ob’ekti sug‘urtaning toifasi, sug‘urta javobgarligining hajmi va sug‘urta qismining shakli sug‘urtani turkumlashning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. 2) xorij amaliyotida sug‘urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqi davlatlarida sug‘urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va hayotga joriy etilgan.


Evropa ittifoqida sug‘urta turlarini turkumlash


Uzoq muddatli sug‘urta

Umumiy sug‘urta

I

Hayot va annuitetlar sug‘urtasi

I

Baxtsiz hodisalardan sug‘urta

II

Bolalarni tug‘ilish va nikohini
sug‘urtasi

II

Kasallik hodisasini sug‘urtasi

III

Bog‘langan
sug‘urta

uzoq

muddatli

III

Avtomobillarni sug‘urtalash

IV

Sog‘likni uzluksiz sug‘urtalash

IV

Temir yo‘l sostavini sug‘urtasi

V

Tontinlar

V

Havo kemalarini sug‘urtasi

VI

Kapitallarni
sug‘urtalash




qoplashni

VI

Dengiz kemalarini sug‘urtasi

VII

Nafaqalarni sug‘urtasi

VII

Yo‘ldagi yuklarni sug‘urtasi




VII

g‘ng‘indan va
hodisalardan sug‘urta

stixiyali

IX

Mulkni zarar
sug‘urtasi

etkazishdan

X

Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish mas’uliyatini
sug‘urtasi

XI

Havo kemalari egalarining 3g‘chi
shaxsga zarar etkazish mas’uliyatini sug‘urtasi




XII

Kema egalarini fuqarolik
javobgarligini sug‘urtasi

XIII

Umumiy javobgarlikni sug‘urtasi



Syurveyer - sug‘urtaga tortiladigan mol-mulkni ko‘rikdan o‘tkazuvchi sug‘urta kompaniyasining xodimi. Sug‘urta kompaniyasi syurveyerning xulosasi asosida sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. CHet el amaliyotida yong‘in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat muhofazasi bo‘yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
Tarif stavkasi - sug‘urta riskini baxosi; sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (bruttog‘stavka) ikki qismdan iborat: netto-stavka va netto-stavkaga yuklama. Netto-stavka sug‘urta kompaniyasining sug‘urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi. Netto- stavkaga yuklama sug‘urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini, komissiya haqini va boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi. SHaxsiy sug‘urta buyicha tarif stavkasi mol-mulk sug‘urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi. Hayot sug‘urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va daromad normasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling