1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet67/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Sug‘urtalanuvchi - qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida sug‘urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug‘urta shartnomasini tuzishga xaqli. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lashi shart. Sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida sug‘urtalanuvchi sug‘urta ob’ektiga taalluqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyasiga ma’lum qilishi shart.
Sug‘urta qoplamasi - mulkiy sug‘urtada va sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxs oldida fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida zararni qoplash uchun sug‘urta fondidan to‘lanadigan pul mablag‘i. Sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasiga teng yoki undan kam bo‘lishi mumkin. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganlik xolati va shakli bo‘yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta qoplamasi to‘lanishida asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sug‘urta manfaati - sug‘urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida sug‘urtalanuvchiga moddiy zarar keltiruvchi predmetlar – mol-mulk yoki sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxsga zarar keltirish xolatlari. Masalan, sug‘urtalanuvchining avtomobil transporti yo‘lg‘transport hodisalari tufayli shikastlanganda, sug‘urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan manfaatdorlik yuzaga keladi va sug‘urta moddiy manfaatdorlik chorasi sifatida maydonga chiqadi.
Sug‘urta yig‘imi - Jismoniy shaxsning yo‘lovchilarning majburiy sug‘urta bo‘yicha bir marta to‘lanadigan sug‘urta mukofoti. Odatda, sug‘urta yig‘imi yo‘l haqi tarkibida bo‘ladi va chiptada sug‘urta yig‘imi «kiritilgan» degan so‘z bo‘ladi.
Slip - riskni xarakterlovchi xujjat. Slip sug‘urta brokeri tomonidan tuziladi va anderrayterga beriladi. Slipda sug‘urta kompaniyasining riskni sug‘urtalashdagi hissasi ko‘rsatiladi. Angliyada slip sug‘urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim holatlarda slip sug‘urta qoplamasini to‘lashda asosiy xujjat hisoblanadi.
Sug‘urta kompaniyasi- sug‘urta shartnomasini tuzish va unga xizmat qilishni amalga oshiruvchi, sug‘urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda bo‘luvchi yuridik shaxs. U o‘z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil xo‘jalik sub’ektidir. Tegishli iqtisodiy muhitda faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarining yig‘indisi sug‘urta tuzimini tashkil etadi. Sug‘urta kompaniyalari bajaradigan sug‘urta operatsiyalariga ko‘ra, ular universal va ixtisoslashgan bo‘ladi. Ustav kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug‘urta
mukofotlari hajmiga muvofiq, sug‘urta kompaniyalarini yirik, o‘rta va kichik guruxlarga bo‘lish mumkin.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling