1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet69/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Sug‘urta huquqi- sug‘urtalovchilar, sug‘urtalanuvchilar va ular o‘rtasidagi vositachilarning hattig‘harakati qoidalari yig‘indisi. Sug‘urta xuquqi qonun va qonun xujjatlarida o‘z aksini topadi. Sug‘urta huquqi moliyaviy huquqning bir qismi hisoblanadi.
Sug‘urta hodisasi - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan voqeag‘hodisalarning amalda yuz berishi. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan zarar sug‘urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy sug‘urtada sug‘urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong‘in, avariya, portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. SHaxsiy sug‘urtada esa sug‘urta hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning xayotida baxtsiz hodisalarning ro‘y berishi yoki o‘limi kiradi. Xalqaro amaliyotda sug‘urta hodisasi ba’zan «fors-major» deb yuritiladi.
Sug‘urta hodisalari chastotasi - inshootlarni yonish darajasini, transport vositalarini avariya bo‘lish darajasini, aholi nogironligi darajasi va shunga o‘xshash darajalarni ifodalovchi ko‘rsatkich. Sug‘urta hodisalari sonini sug‘urta qoplamalari miqdoriga yoki sug‘urtalangan ob’ektlar miqdoriga nisbati sug‘urta hodisalari chastotasini aniqlaydi.
Sug‘urtalovchilar uyushmasi - sug‘urta faoliyatini muvofiqlashtirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy sug‘urta kompaniyalari va xorijiy sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil etiladigan sug‘urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug‘urtalovchi kompaniyalar ittifoqini, Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin. Hozirgi paytda O‘zbekistonda sug‘urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. Faqat, avtosug‘urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urta qoplamasi limiti - sug‘urta kompaniyasining filiali, bo‘limi, shu’ba korxonasi tomonidan bitta sug‘urta hodisasi bo‘yicha mustaqil to‘lanadigan sug‘urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi sug‘urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling