1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet71/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Ehtimollar nazariyasi - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo‘yicha o‘zaro aloqada bo‘lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog‘liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar hisobg‘kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Qayta sug‘urtalash - sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug‘urtalash operatsiyalarini sug‘urta kompaniyalar bilan bir qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug‘urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug‘urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, qayta sug‘urtalash proporsional va noproporsional bo‘ladi. Proporsional qayta sug‘urtalashda, qayta sug‘urtalovchining berilgan risk bo‘yicha ulushi sedentning o‘z javobgarligiga qoladigan qismi aniq bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi. Noproporsional qayta sug‘urtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda
qayta sug‘urtalovchi sedentdan sug‘urta mukofotining bir qismini oladi (proporsional qayta sug‘urtalashdagidek sug‘urta summasiga muvofiq keladigan sug‘urta mukofotini emas).
Qayta sug‘urtalovchi broker - ikkita sug‘urta kompaniyasi o‘rtasidagi professional vositachi.
Qayta sug‘urtalovchi - sug‘urta brokeri yordamida qayta sug‘urtalash uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qayta sug‘urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng yirik qayta sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash jamiyati, SHveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyatlari kiradi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling