1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet73/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Fronting - qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga to‘laligicha boshqa sug‘urta yoki qayta qayta sug‘urtalovchi kompaniyalariga berish.
Sedent - riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi.
Sessiya - 1) sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayoni. Sedent va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasidan huquqiy munosabatlarda ishlatiladi. 2) Xorij amaliyotida sedentning olingan sug‘urta mukofoti ma’nosini bildiradi.
SHomaj - sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida ishlab chiqarishni to‘xtab qolishi bilan bog‘liq foyda olmaslik riskini sug‘urtasi.
Ekssedent riski - mazkur toifadagi risk bo‘yicha zararni qayta sug‘urtalash to‘g‘risidagi kelishuv.
Ekssedent zarari - noproporsionl qayta sug‘urtalash shakli. Bunda sedentga o‘z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta sug‘urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
O‘zaro sug‘urtalash jamiyati - foyda olishni ko‘zlamaydigan notijorat shaklidagi sug‘urta kompaniyasi. Sug‘urta qilishning tashkiliy shakli. O‘zlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O‘zaro sug‘urtalash jamiyati yuridik shaxs hisoblanib, har bir sug‘urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi bo‘ladi. AQSH va YAponiyada asosan, hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar o‘zaro sug‘urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda YAponiyada o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari hayotni sug‘urtalash bozorining 89,4%ni tashkil etadi.
SHaxsiy sug‘urta - sug‘urta ob’ekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog‘liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug‘urta tarmog‘i. SHaxsiy sug‘urta hayot sug‘urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug‘urtaga va tibbiy sug‘urtaga bo‘linadi. U riskli va jamg‘arma funksiyalariga ega. CHet el tajribasida shaxsiy sug‘urta to‘rtta sug‘urta klassidan iborat bo‘lib, inson hayotidagi ro‘y berish mumkin bo‘lgan hodisalar (tug‘ilish, o‘lim, voyaga etish, nikohdan o‘tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog‘liq
barcha sug‘urta turlarini o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug‘urtag‘bu uzoq muddatli hayot sug‘urtasi, aralash sug‘urta va annuitetlardir.
Yаshil karta - avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar tizimi. Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha shartnoma tuzilganlik faktini tasdiqlovchi polis. 1949 yilda Evropaning 13ta davlati o‘rtasida yashil karta to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. Hozirgi paytda yashil kartaga a’zo mamlakatlar 30 dan ziyodni tashkil etadi. YAshil kartaga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda tegishli milliy byurolar tashkil etilgan va u mazkur davlat hududida yashil karta bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirib turadi. O‘z navbatida milliy byurolar yashil karta xalqaro byurosiga birlashgan. Qarorgohi Londonda joylashgan.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling