1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet63/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Risklarni tanlash - sug‘urta shartnomasini tuzish bo‘yicha mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug‘urta kompaniyasining faoliyati. Sug‘urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug‘urta portfelini shakllanishida risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug‘urta amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash - bu risk menejment sohasida olib boriladigan chora g‘ tadbirlarning bir qismidir.
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilgan momentdan, sug‘urtalanuvchining o‘limiga yoki nogiron bo‘lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida mijoz qo‘shimcha ravishda dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalarida riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U sug‘urta ob’ekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil natijalariga muvofiq sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarga kirishishini maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasiga yozma xulosa beradi.
Sug‘urta mukofotlari zahirasi- hayotni va nafaqani uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlarni oldindan to‘lash uchun sug‘urta kompaniyasida
tashkil etiladigan fond. Bu fond sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda sug‘urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim o‘rin tutadi. Hayot sug‘urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga tuziladi. Sug‘urta mukoftlarini kelib tushish va sug‘urta summasini to‘lash vaqtlari o‘zaro to‘g‘ri kelmaganligi uchun, sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan sug‘urta mukofoti ma’lum vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo‘sh xolda bo‘ladi. Kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining bir qismi joriy to‘lovlar uchun sarflanadi, qolgan qismi esa zahira fondini shakllantirish uchun yunaltiriladi. Uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha zahira fondining mablag‘lari kredit resursi sifatida foydalanilishi mumkin.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling