1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Proporsional qayta sug‘urtalash


Download 1.66 Mb.
bet61/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Proporsional qayta sug‘urtalash- qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzish shakli. Bu erda qayta sug‘urtalash kompaniyasi sug‘urta mukofotlarini umumiy tushumidagi va sug‘urta koplamalarini to‘lashda o‘z ulushiga ega. Proporsional qayta sug‘urtalash shartnomalari kvotali, eksedentli va kvotag‘eksedentli shartnomalarini o‘z ichiga oladi.
Risklarni joylashtirish-1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, teng ravishda sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va retrotsessiyaga to‘g‘ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida amalga oshiriladi; 2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo‘lib, bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
Raqobat - sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta bozoridagi o‘z ulushini egallashi uchun o‘zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat sug‘urtalanuvchi uchun sug‘urta kompaniyalarini tanlab olishlarida ko‘mak beradi. Raqobat sug‘urta xizmatini kengayishida va ularning sifatini oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir sug‘urta xizmatini ko‘rsatayotgan bir necha sug‘urta kompaniyalari raqobat sharoitida mijozlarni jalb etish uchun ularga sug‘urta shartnomalarini tuzishda, sug‘urta mukofotlarini to‘lashda va sug‘urta qoplamalarini qisqa muddatlarda to‘lashda imkoniyat yaratadi.
Retrotsedent- qabul qilib olingan qayta sug‘urtalash riskini retrotsessiyaga (ikkinchi qayta sug‘urtalash) beruvchi sug‘urta yoki qayta sug‘urtalovchi kompaniya.
Retrotsessionariy-retrotsedentdan riskni qabul qilib oluvchi qayta sug‘urtalovchi kompaniya.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling