1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

UMUMIY SUG‘URTA (Non-life insurance
2018 yilda umumiy sug‘urta sohasida ham mukofotlarning jadal o‘sish 
sur’atlari kuzatilgan. Eslatib o‘tamiz, umumiy sug‘urta tarmog‘i mulkiy sug‘urta, 
javobgarlik, tadbirkorlik va moliyaviy tavakkalchiliklar, shuningdek, shaxsiy 
sug‘urtaning ayrim riskli turlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy sug‘urta turlarining 
asosiy farq qiluvchi xususiyati shundaki, ular sug‘urtalashning xavfli turlariga 
kiradi, shuningdek jamg‘arish hamda investitsiya daromadlarini nazarda tutmaydi. 
Tahlillarning avvalida aytib o‘tilganidek, 2018 yilda sohada bir yangi 
kompaniya vujudga keldi va sohasidagi jami mukofotlar 54,4% ga oshgan holda 
1,2 trln. so‘mni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday o‘sish darajasi 
umumiy sug‘urta sohasi uchun yaxshi natija hisoblanadi. Sug‘urta mukofotlari 
43
Jadval 
https://www.uzreport.news/economy
 ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan 


164 
hajmidan farqli ravishda, sohadagi sug‘urta qoplamalari miqdori 2,7 foizga o‘sdi 
va 196,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Umumiy sug‘urta sohasidagi mukofotlarning 
o‘sish sur’ati bilan taqqoslaganda sug‘urta qoplamalarining bunday past o‘sish 
sur’ati 2018 yilda kompaniyalarning samarali anderrayterlik faoliyatini 
yuritganidan darak beradi. 
Umuman olganda, sug‘urta bozorida mukofotlarni jalb qilish bo‘yicha
"O‘zagrosug‘urta" AJ (14,6%), "O‘zbekinvest" EIMSK (13,9%) va "Gross 
Insurance" (12,6%) MChJ boshqa kompaniyalardan sezilarli farq bilan yetakchilik 
qilgan. Sohadagi 4- va 5-o‘rinni egallagan keyingi ikkita kompaniya "Kafolat" AJ 
(9,6%) va "Alfa Invest" MChJ SK (6,8%) hisoblanadi. Sohadagi barcha qolgan 
kompaniyalarning ulushi 6,0% dan past. Sug‘urta bozorida ro‘y bergan 
o‘zgarishlar natijasida tarmoqdagi yetakchi uchta kompaniyaning birgalikdagi 
ulushi 5,7 foizga kamaydi va 38,1% ni tashkil etdi. Birinchi beshta kompaniyaga 
jami mukofotlarning 57,5% i to‘g‘ri keldi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga 
pastdir.
Shuningdek, TOP-10 ga kiruvchi kompaniyalarning konsentratsiya darajasi 
1,9 punktga kamayib, 80,9% ni tashkil etdi. Ta’kidlash kerakki, konsentratsiyali 
darajaning pasayishi bozorda erkin raqobat sharoitlari mavjudligining ijobiy 
natijasidir.

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling