1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
236 
– 2.5 foiz. Sug‘urta hodisasi natijasida zavodga etkazilgan zarar qiymatini 
aniqlang. 
Masala 6. Mulkning sug‘urta qiymati -50 mln. so‘m, sug‘urta summasi – 40 
mln. so‘m, zarar – 30 mln. so‘m. Sug‘urta qoplamasini hisoblang? 
Echish: 
W = 30 x (40 : 50) = 24 mln. so‘m 
Birinchi risk tizimi bo‘yicha sug‘urtalashda sug‘urta qoplamasi zarar hajmi 
sug‘urta summasidan oshmagan holda zarar miqdori hajmida qoplanadi. Ikkinchi 
risk qoplanmaydi. 
Chegarali javobgarlik tizimi bo‘yicha sug‘urtalanganda sug‘urta 
qoplamasining hajmi oldindan belgilangan chegara va erishilgan daromad darajasi 
o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi. 
Masala 7. Iste’mol tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konda 20 iyun kuni yong‘in 
yuz berib tovarlarga zarar etdi.1 iyun kuni do‘konda 35 mln. so‘mlik tovar mavjud 
edi. 1 iyundan 20 iyunga qadar 28 mln. so‘mlik tovar kelib tushgan, kassadan 32 
mln. so‘mlik naqd pul bankka topshirilgan, 6 mln. so‘m kassada mavjud.joriy 
yo‘qotishlar 12 ming so‘m. 
1) 
Yong‘indan keyin saqlab qolingan tovarlar hisoblab chiqilganda 20 
mln. 36 ming so‘mlik tovar qolganligi ma’lum bo‘ldi. Muomala xarajatlari – 10%, 
savdo qo‘shimchasi -25%. Mulklarni saqlab qolish va tartibga keltirish xarajatlari 
– 86 ming so‘m. Sug‘urta summasi sug‘urta shartnomasi tuzilgan vaqtdagi 
tovarlarning haqiqiy qiymatiga nisbatan 70%. 
Sug‘urtalanuvchining zararini va sug‘urta qoplamasi hajmini aniqlang? 
Echish 
Aniqlaymiz: 
1) yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda do‘kondagi tovarlar qiymati = 35 mln. + 28 
mln. – 32 mln. – 6 mln. – 12 ming = 24 mln. 988 ming so‘m 
2) yo‘qotilgan va narxi tushirilgan mulklar qiymati = 24 mln. 988 ming so‘m 
– 20 mln. 36 ming so‘m = 4 mln. 952 ming so‘m 
3) Zarar = 4 mln. 952 ming so‘m + 86 ming so‘m – (4 mln. 952 ming so‘m x 
25 / (100+25)) + (4 mln. 952 ming so‘m x 10 / 100) = 4 mln 541 ming 800 so‘m 
4) Sug‘urta qoplamasi hajmi = 4 mln 541 ming 800 so‘m x 0.7 = 3 mln. 179 
ming 260 so‘m 
Masala 8. Kredit shartnomasiga ko‘ra jami kredit summasi 20 mln. so‘m bo‘lib, 
yillik 18 foiz bilan 8 oyga berilgan. Sug‘urta tarifi sug‘urta summasiga nisbatan 2,5 
foiz. Sug‘urtalovchining javobgarlik chegarasi – 90 %. Kredit oluvchi olgan 
kreditini o‘z vaqtida to‘lay olmadi. 
Sug‘urta mukofoti, zarar va sug‘urta qoplamasining hajmini aniqlang? 
Echish 
1) sug‘urta mukofoti qiymati:



Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling