1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari


Download 5.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/218
Sana03.12.2023
Hajmi5.26 Mb.
#1801070
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   218
Bog'liq
Суғурта иши

Anderrayter – 1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta 
portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, 
risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli 
malakaga ega bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta 
korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan 
shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori 
darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib 
chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar 
chiqarishga qaratilgan siyosat. 
Annuitet – renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini 
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir 
vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini 
to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan 
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik 


36 
daromadini sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda 
keng rivojlangan.
Dispasher – dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan 
zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan 
mutaxassis. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
dispasher 
funksiyasini 
maxsus 
kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha 
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, 
yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi. 
Evropolis – Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik 
faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi. 
Kovernota – sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan 
va sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu 
hujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta polisini berishi shart. CHunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun 
yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi. 

Download 5.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling