1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana27.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1725878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

2-mavzu : Sug’urta sohasida qo’llaniladigan asosiy
atama va tushunchalar 
REJA: 
1. Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq atamalar. 
2. Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq atama va tushunchalar. 
3. Xalqaro sug’urta amaliyotida ishlatiladigan atama va tushunchalar. 
 
 1. Sug’urtada fondini shakllanishi bilan bog’liq atama va tushunchalarga
quyidagilarni kiritish mumkin: 
Sug’urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: 
Sug’urtalovchi – sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan va 
tegishli litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining 
muhim bo’g’ini. O’zbekiston Respublikasining "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi 
Qonuniga ko’ra, sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) 
to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb 
hisoblanadi.
Sug’urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo’lishi mumkin (davlat sug’urta 
tashkilotlari, aktsionerlik sug’urta tashkilotlari hamda o’zaro sug’urtalash
jamiyatlari). Sug’urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar maxsus davlat 
organining tegishli litsenziyasiga ega bo’lishi zarur.
Sug’urtalanuvchi – sug’urtalovchi bilan aniq sug’urta munosabati 
o’rnatgan va tegishli sug’urta mukofotlarini to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug’urta vositachilari – sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida 
vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo’yicha vositachi 
sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko’rsatgan xizmatlari uchun 
vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.
Risk- bitta kutilayotgan hodisa bo’yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk 
tushunchasi ko’rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo’lishi natijasida yuzaga 
kelgan oqibatlarning og’irligi, riskni ro’y berishi sababli paydo bo’lgan zararlarni 
mutloq tugatishni imkoniyati bo’lmaganligi sug’urta ishini tashkil etish uchun asos 


yaratdi. Shunday qilib, risk sug’urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish 
uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o’zaro 
aloqadorlik yig’indisidir.
Sug’urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-
bu konkret hodisa yoki hodisalar yig’indisi bo’lib, ular sodir bo’lgan taqdirda 
sug’urta kompaniyasi qoplamalar to’laydi. Risk sug’urta ob’ekti bilan to’g’ridan 
to’g’ri bog’langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko’rsatib, uni shikastlashi yoxud 
nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo’lib, uning 
ro’y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog’liq emas. Sug’urta risklarining 
ro’yxati sug’urtalovchining sug’urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
Risk bahosining puldagi ifodasi sug’urta tarif stavkasini tashkil etadi; 
sug’urta ob’ekti; sug’urta javobgarligining turi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling