1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
2. Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi
Jamoalar mahsuldorligi, ekosistemadagi produtsentlarning quyosh energiyasini kimyoviy energiyasiga aylantirib, organik moddalar sintezlash samaradorligiga bog‘liq. Ma’lum vaqt davomida o‘simliklar tomonidan hosil qilingan organik massa jamoaning birinchi darajadagi mahsuldorligi deyiladi. U o‘simliklarning quruq yoki ho‘l massasi tarzida ifodalanadi. Konsument massaning ma’lum vaqt ichidagi o‘sishi — bu jamoaning ikkinchi darajali mahsuldorligi deyiladi. Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va ikkilamchi hosildorlik hosil qilish tezligi va mahsulotlarning taqsimlanishi bo‘yicha turlichadir. Ekosistemalarda birlamchi va ikkilamchi hosildorlikning miqdoriy ko‘rsatgichlari mavjud. Bu hosildorlik piramidasi qonuni deyiladi. Har bir ozuqa zanjirida ma’lum vaqt davomida hosil qilinadigan biomassa yoki mahsuldorlik keyingi ozuqa zanjiriga nisbatan ko‘p. Er yuzidagi ekosistemalarda biomassalar piramidasi, son piramidasi qonuniyatlari qayd etiladi, ya’ni o‘simliklarning umumiy massasi, soni ularni eydigan hayvonlarning massasiga va soniga nisbatan ko‘p. Ekosistemalar mahsuldorligi qonuniyatlarini o‘rganish, energiya oqimi miqdorini hisobga olish amaliyotda katta ahamiyatga ega. Odamlar tomonidan foydalanadigan agrotsenozlar (birinchi mahsuldorligi) mahsulotlari insoniyat jamiyatining ovqat zahirasi hisoblanadi. Ikilamchi mahsuldorlik, ya’ni qishloq xo‘jalik hayvonlari hisobiga olinadigan mahsuldorlik ham katta ahamiyatga ega. Energiya oqimi va ekosistemalar mahsuldorligini aniq hisobga olish, ulardagi modda aylanishini boshqarish orqali odamlar uchun ko‘proq hosil olishda yordam beradi. Birlamchi biologik mahsuldorlikning o‘sish tezligi o‘simliklar fotosintetik apparatining imkoniyatlariga bog‘liq. O‘simliklar jamoasida fotosintezning foydali ish koeffitsenti bor yo‘g‘i 5% ni tashkil qiladi. Umuman, Er shari bo‘yicha o‘simliklar tomonidan quyosh energiyasining faqat bir foizigina o‘zlashtiriladi. CHunki fotosintez aktivligi ko‘p omillar tomonidan cheklandi. Er yuzida birlamchi biologik mahsuldorlik notekis taqsimlangan. Eng yaxshi ekologik sharoitda, namlik, yorug‘lik, mineral tuzlar, issiqlik etarli bo‘lgan joylarda o‘simliklarda eng yuqori o‘sish kuzatiladi. SHimoliy muz okean qirg‘oklaridagi ekosistemalar mahsuldorligi 20 s ga, qora dengizning Kavkaz tomon sohilida u 200 s ga dan oshadi. O‘rta Osiyo cho‘llarida esa mahsuldorlik 3 — 20 s ga ni tashkil etadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling