Vodorod energiyasi. Vodorod energetikasini keng qo‘llash atrof-muhit tozaligida katta ahamiyatga ega. Vodorod yonishidan ajraladigan issiqlik 28000 kkal/kg ga teng. Bu neft va neft mahsulotlarining issiqlik energetikasidan 2 barobar, ko‘mirnikidan esa 4 barobar yuqoridir. Dunyo bo‘yicha vodorod bir yilda 200 mlrd. m3 ishlab chiqariladi. SHuning yarmi ammiak va 30% ga yaqini neftni qayta ishlash zavodlariga ishlatiladi. Vodorod asosan suvdan olinadi. Dunyoda birinchi bo‘lib, 1986-yili YAponiyada oddiy suvdan vodorod olish tajriba zavodida 35 soatlik siklda 18 l vodorod va 9 l kislorod olingan. SHu davr ichida termoximik metod yordamida magniy oksidi, oltingugurt ikki va yod ishlatish balan suv vodorod va kisloroddan ajratilgan. U ekologik tomondan atrof-muhit ifloslanishi, turli zaharli moddalar, chang va tutun tarqalishi, ishlab chiqarish qoldiqlari topilishiga sabab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |