1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
Quyosh energetikasi. Kuyosh energetikasi cheksiz, tamom bo‘lmaydigan energiyadir. Bu energiya, atrof-muhit, biologik hayot, tirik organizmlarga xeya qanday zarar qilmaydigan energiyadir. Quyosh energiyasidan keng foydalanish sayyoraning million-million yillar davomida to‘plangan energiya zahirasiga ziyon keltirmaydi.
Har yili quyoshdan erga kelayotgan energiya, er qa’ridagi turli manbalarni issiqligidan 10 barobar ko‘pdir. O‘rta Osiyoning cho‘l hududining 1/10 qismiga tushadigan quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, u hamdo‘stlik mamlakatlari elektrostansiyalar quvvatidan 30 barobar ko‘p bo‘lgan bo‘lar edi. Quyosh energiyasining effektiv foydalaniladigan tumanlarda Ukraina, Moldava, Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Rossiyaning janubiy va uzoq sharqning ayrim tumanlari kiradi. Bu erlarda Quyoshli kunlar bir yilda 2200-3000 soatga etadi. SHu vaqt ichida Quyosh energiyasi 1m2 joyga 1200-1700 kvt soatni tashkil etadi. Quyosh nuridan foydalanish uchun, har yili 200 ming m2 Quyosh kollektorlari tayyorlanadi va ular yordamida suvlar, uylar isitiladi. Bizga ma’lumki, Quyosh - eng katta termoyadro reaktori, u har sekundiga 4 mln. t vodorodni yutadi va uni geliyga aylantirib, cheksiz miqdorda energiya ajratadi. SHuning uchun ham ko‘p mutaxasislar bu energiyadan foydalanish yo‘llarini izlaganlar. Bu ish ulug‘ olim Arximeddan boshlangan. U Quyosh nurini oyna orqali bosqinchi rimliklarning parusli kemalariga yo‘naltiradi va kemalarni yondirib yuboradi. Buning natijasida Arximed o‘zining ona shahri Serokuzani bosqinchilardan saqlab qoladi. 1985-yili Qrimning SHelkino qishlog‘ida birinchi Quyosh elektrostansiyasi ishga tushgan. Undagi bir geliostat 45 oynadan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 25 m2 ga teng. Ular doim Quyoshga qarab turadi. Qurilgan qurilma atrofida 1600 ta geliostat joylashtirilgan, bu 75000 Quyosh nurini bi nuqtaga parogeneratorga yoki 60 tonnali suv qozoniga yo‘naltiriladi. Bu erda 25000S gacha isiydi. Undan hosil bo‘lgan bug‘ 40 atmosfera bosim yordamida trubalarga o‘tkazilib, elektrogeneratorlarni ishga soladi va hosil bo‘ladi. Qrim QES sining quvvati 5000 kvt ga teng. Quyosh nuridan foydalanish yo‘llari O‘zbekiston Fanlarp Akademiyasining olimlari ham ishlab chiqishgan. Ularning qurilmalari Parkentning Kumush-kon qishlog‘i atrofida va boshqa joylarda qurilgan. Kurilgan qurilmalar yig‘adigan Quyosh energiyasi turli sohalar (suv isitish, uylar, issiqxonalarni isitish va boshqalar)da foydalanilmoqda. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling