1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12 Mavzu Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari
Nazorat va mulohaza uchun savollar.
Alternativ energiya manbalarining ahamiyati. Dunyo mamlakatlarida no‘ananaviy energiya manbalaridan foydalanish amaliyoti. No‘ananaviy energiya manbalaridan foydalanishning ekologik ahamiyati. 12 Mavzu Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo‘lgan va echimini hal qilishini talab etadigan muammolarga V.V.Vernadskiyning noosfera to‘g‘risidagi barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga bag‘ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi. Kelgusi avlod qobiliyatini saqlab qolgan holda inson o‘z ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi. Tashqi muhit va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni bir-biridan ajratgan holda alohida qaramaslikni his etish barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Demak, ana shu nuqtai nazardan qaralganda sog‘lom ijtimoiy-iqtisodiy muhitda sog‘lom tashqi muhit mavjud bo‘ladi. Birlashgan millatlar tashkilotining (KOONOSR) asosiy hujjatlari bo‘lmish «XXI kun tartibi»da barqaror rivojlanishni kelgusida ta’minlaydigan keng ko‘lamdagi masalalar ko‘zda tutilgan. Ana shunday masalalarga iqlim o‘zgarishining oldini olish, cho‘llashishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolarni hal etishda inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarning muhimligini nazarda tutmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan texnologiya, qashshoqlikka qarshi kurashish, ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish doimiy yashaydigan uy-joylarni ko‘paytirish, har toifadagi aholining rolini ko‘paytirish va shu kabilar. Ana shularga o‘xshash 40 ga yaqin masalalar 4 ta bo‘limga birlashtirilgan. A) harakat dasturi; B) ijtimoiy-iqtisodiy aspektlar; D) aholining rolini kuchaytirish; E) bajarish vositalari. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan yana iqlim o‘zlashtirishining oldini olish, o‘rmonlarni asrash, biologik turli-tumanlikni muhofaza qilish bo‘yicha ham konsepsiyalar qabul qilindi. Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e’lon qilib barcha davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o‘zlarining milliy barqaror rivojlanish konsepsiyalarini qabul qilishini so‘ragan va hozirgi kunda ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan, bizning respublikamizda ham shunday konsepsiyalar qabul qilingan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasini akademik M.M.Maiseev tan olmaydi. Uning aytishicha hozirgi kunda va bundan keyingi yaqin yillarda ham barqaror rivojlanish to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. CHunki, deydi u, barqaror rivojlanishga qarab ishlash hozirgi ekologik holatni oddiylashtiradi, insonlarning ekologik muammolarining naqadar murakkab ekanligini sezmaslikka, ularni echish yo‘llarini topishda qiyinchiliklarga to‘g‘ri kelishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Qo‘yida O‘zbekiston Respublikasi uchun «XXI asrga Kun tartibi» risolasidan tanlangan boblar tahrir bilan berildi. Atmosferani muhofaza qilish YOqilg‘i qazib olish, uni transportda tashish va yoqish, sanoat jarayonlari, chiqindilarni saqlash va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini qo‘llash atmosferani iflos qilishning asosiy manbalari hisoblanadi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar umumiy chiqindilar umumiy hajmining 31,9 foizi neft-gaz sanoati ulushiga, 34,1 foizi energetikaga, 16,5 foizi metallurgiyaga, 3,85 foizi qurilish industriyasiga, kommunal xizmatga 3,6 foiz va kimyo sanoatiga 2,6 foiz (2001 y.) to‘g‘ri keladi. Boshqa korxonalarning hissasi 7,4 foizdan oshmaydi. YOqilg‘ining barcha turlarini yoqishda iqlim o‘zgarishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 90 mln. tonnadan ortiq «issiqxona gazlari» deb ataladigan gaz hosil bo‘ladi. Atmosferaga chiqariladigan uglerodning 95 foizidan ortig‘i, metanning 73 foizi yoqilg‘i-energetika kompleksi ulushiga to‘g‘ri keladi. Tarkibiga uglerod oksidi, uglevodorodlar, benzapiren aldegidlar, qo‘rg‘oshin kiradigan avtomobil transporti chiqindilari atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarning umumiy hajmida 60 foizdan ortiqni tashkil etadi. 1999-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitini muhofaza qilish sa’y-harakatlari Dasturida atmosferani ifloslanishdan muhofaza qilish masalalari etakchi o‘rinni egalladi. Dasturda qo‘yidagilar nazarda tutiladi:
dizellashtirish, Toshkent, Nukus shaharlarida viloyat markazlarida ixtisoslashtirilgan ekologik punktlar tashkil etish (36 ta punkt) hisobiga avtotransport chiqindilarini qisqartirish; alohida sexlar va ishlab chiqarishlarning tutib qolish hamda chang va gazdan tozalash tizimlari qurilish hisobiga Respublikaning yirik korxonalarida chiqindilarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; Tojikiston alyuminiy zavodining salbiy ta’siri doirasida ekologik vaziyatni yaxshilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston Bitimi doirasidagi sa’yi harakatlarni rivojlantirish; Ekologik siyosatning normativ-huquqiy bazasini va iqtisodiy mexanizmlari tizimini takomillashtirish; 2005 yilgacha bo‘lgan davrda atmosfera havosini va uning iflos qilinishi manbalarini monitoring qilish tizimini rivojlantirish va zamonaviylashtirish Dasturini amalga oshirish. Issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha eng ko‘p atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirish bo‘yicha eng ko‘p samaraga erishish ko‘tilmoqda. Energiyani tejash, birlamchi energiya resurslari iste’mol qilinishi salmog‘ini qisqartirish, energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni keng yoyish, kichik gidroelektro stansiyalari tarmoqlari qurish va ularni kengaytirish ushbu Dasturlarning muhim tadbirlari hisoblanadi. O‘zbekiston atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha BMT Konferensiyalari qarorlariga tarafdor ekanligini ifodalab, atmosferani muhofaza qilish yuzasidan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash doirasida 1993 yilda iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi BMTning Ramkaviy konfensiyasini imzoladi, 1995 yilda ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Monreal Protokoli hamda Monreal Protokoliga London va Kopengagen tuzatishlari imzolandi. 1999 yilda Kioto Protokolini ratifikasiya qildi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling