O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda muhofaza etiladigan hududlarni o‘rganish.
Tabiatni muhofaza qilish - landshaftning bir butunligi, tabiiy komponentlarning o‘zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. Landshaftlarni muhofaza qilishning juda ko‘p shakllari mavjud. Bular: qo‘riqxonalar, zakazniklar, rezervatlar, xalq bog‘laridan iborat. Tabiatni muhofaza qilish ayrim hududlarda tabiiy kompleksni (landshaftlarni) o‘z holicha maxsus rejim bilan qo‘riqlashni ham talab qiladi. Bunday maxsus rejim bilan muhofaza qilinadigan hududlar xo‘jalikda o‘zlashtirishdan bevosita ajratib olinib qo‘riqlanadigan tabiiy ob’ektlardir. Hududning ayrim uchastkalarini muhofaza qilishda maxsus rejimini o‘rnatishning zarurligi fan-texnika inqilobi sharoitida inson xo‘jalik faoliyati natijasida keskin o‘zgarayotgan va kamayayotgan er tabiiy boyliklariga insonning ongli munosabatda bo‘lishiga asoslanadi. Bunday uchastkalarni qo‘riqxonalar, rezervatlar, tabiiy parklar, tabiat yodgorliklari, zakazniklar deyiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarning tasnifi ishlab chiqilmagan.
Ularni bo‘lishda qo‘yidagi belgilarga amal qilinadi:
1) muhofaza qilinadigan hududdan foydalanish rejimining asosiy maqsadi va harakteri; ulardan xo‘jalikda foydalanishni butunlay man etish; fan va turizm manfaatlari uchun foydalanishni chegaralash; tabiiy boyliklarni takror ishlab chiqarish (tiklash); ma’rifiy-memorial (yodgorlik) ahamiyatiga ega bo‘lgan ob’ektlarni muhofaza qilish va hokazo;
2) muhofaza qilinadigan ob’ektlarning murakkablik darajasi (tabiiy landshaftlarning ayrim komponentlari yoki butun landshaft, tabiiy boylik turlari);
3) o‘rnatilgan va chegaralangan cheklovning davom etishi (resurslardan foydalanish umuman man qilinganmi yoki foydalanish ma’lum muddatga limitlanganmi).
Do'stlaringiz bilan baham: |