1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari (landshaftlari)


Download 1.76 Mb.
bet65/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning alohida muhofaza qilinadigan hududlari (landshaftlari)



Nomi

Tashkil qilingan yili

Joylashgan viloyati

Qo‘riqxona maydoni ga hisobida

1

2

3

4

5

1.

Zomin tog‘ – o‘rmon davlat qo‘riqxonasi

1926 (1960)

Jizzax viloyati

10560

2.


CHotqol tog‘ – o‘rmon davlat qo‘riqxonasi

1947


Toshkent viloyati


47500


3.

Qorako‘l qo‘riqxonasi

1971

Buxoro viloyati

20500

4.

Qiziqum qo‘riqxonasi

1971

Buxoro viloyati

4000

5.


Bodayto‘qay qo‘riqxonasi

1971

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

10000

6.


Nurota tog‘ – yong‘oqzor qo‘riqxonasi

1975

Jizzax viloyati

40000

7.

Zarafshon qo‘riqxonasi

1977

Samarqand viloyati

2500

8.


Qizilsuv tog‘ – archa qo‘riqxonasi

1975

Qashqadaryo viloyati

20000

9.


Miroqi tog‘ – o‘rmon davlat qo‘riqxonasi

1976

Qashqadaryo viloyati

35000

10.

Vardanza

1976

Buxoro viloyati

324

11.

Kitob geologik qo‘riqxonasi

1979

Qashqadaryo viloyati

5378

12.

«Surxon» qo‘riqxonasi

1986

Surxondaryo viloyati

24583

13.

Besh – Orol qo‘riqxonasi

1979

O‘sh viloyati

116700

14.

Sori – CHelak qo‘riqxonasi

1959

O‘sh viloyati

23900

15.

Issiqko‘l qo‘riqxonasi

1948

Issiqko‘l viloyati

19000

16.

Norin qo‘riqxonasi

1983

Norin viloyati

24200

17.

Ustyurt qo‘riqxonasi

1984

Mang‘ishlak viloyati

223000

18.

Borsakelmas

1939

Qizil orda viloyati

3000

19.

Naurzum qo‘riqxonasi

1959 (1951)

Kustonoy viloyati

86850

20.

Kurgal jin qo‘riqxonasi

1968 (1958)

Selinograd viloyati

237100

21.

Oqsu-jabog‘li qo‘riqxonasi

1929 (1920)

CHimkent viloyati

74400

22.

Olma-ota qo‘riqxonasi

1931

Olma-ota viloyati

73000

23.

Markakol qo‘riqxonasi

1976

SHarqiy Qozog‘iston viloyati

71367

24.

Xazar (avvagi Krasnovodsk) qo‘riqxonasi

1932

Krasnovodsk viloyati

262037

25.

Qoplanqir qo‘riqxonasi

1932

Toshhovuz viloyati

570000

26.

Syunt – Xasardag‘ qo‘riqxonasi

1979

Janubi – G‘arbiy Kopettog‘lari

29700

27.

Kopettog‘ qo‘riqxonasi

1976

Ashxobod viloyati

50000

28.

Amudaryo qo‘riqxonasi

1982

CHorjo‘y viloyati

50000

29.

Repetek qo‘riqxonasi

1928 (1912)

CHorjo‘y viloyati

34600

30.

Badxiz qo‘riqxonasi

1941

Mari viloyati

87600

Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy ko‘rinishlari bir xil emas va «qo‘riqxona», «milliy park», «rezervat», «zakaznik» tushunchalariga turli xil mazmun beriladi. Mamlakatimizda alohida muhofaza qilinadigan yoki qo‘riqlanadigan hududlar – landshaftlar - qo‘riqxonalar, har xil turdagi zakazniklar, tabiiy parklar va yodgorliklar yuqoridagi belgilarga muvofiq tashkil qilinadi. Hozirgi vaqtda qo‘riqlanadigan hududlar, ya’ni xo‘jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob’ektlar tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga qaramasdan qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, har bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har xil tabiiy hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishining oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.

11 Mavzu: YOqilg‘i- energetika sohasida chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash.

Reja:

  1. Energiyaning asosiy manbalari.

  2. Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya.

  3. Atom energiyasidan foydalanish va undan chiqadigan zararli moddalar

  4. Noan’anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanishning foydali va zararli tomonlari

  • Energiyaning asosiy manbalari. Gidroenergetika.

GES larning asosiy manbai, energiya zahiralarining doimo oqib turadigan daryo suvi hisoblanadi. GES lar atrof-muhit, havo, suv, tuproqni chang, kul, azot va oltingugurt oksidlari bilan iflos qilmaydi. Lekin GES lar ham, o‘z navbatida, tabiatga juda katta zarar keltirmoqda. Hozirgi vaqtda GES suv omborlari tomonidan 90000 km2 er yoki har bir ishlab chiqarilgan kvt uchun 0,5 m2er suv ostida qolgan. SHu jumladan, 0,17 m2/kvt ga qishloq xo‘jalik eri va 0,23 m2/kvt ga o‘rmonzorlar suv ostida qolgan. Suv omborlarining qurilishi natijasida shu suv havzasining qirg‘oqlari emiriladi, atrof tabiiy muhitni o‘zgarishiga olib keladi. YA’ni qurg‘oqchilik, er osti svlarining ko‘tarilishi, erning sho‘rlab ketishi kabi holatlar O‘zbekistonda qurilgan turli suv omborlari (Tuyamo‘yin, Talimarjon, CHordara, Qayroqqum, Andijon) atrofida yaqqol sezilmoqda. GES lar qurilishi bilan hosil bo‘ladigan suv omborlari baliqchilikning rivojlanishiga imkon beradi. Lekin shu tumanda muhit haroratining pasayishining natijasida paxta ochilishi orqaga surilmoqda, ko‘plab hosildor erlar, o‘tloqzorlar suv ostida qolib, tiklab bo‘lmaydigan holda nobud bo‘ladi.

  • Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya.

Energiyadan foydalanish sohasida elektroenergiya ekologik tomondan eng toza energiya manbai xisoblanadi va uning chiqindisi kam. Havo ifloslanishining 25% i issiqlik elektrostansiyalarining chiqindisi u ko‘mir bilan bog‘liq.

Ko‘pchilik issiqlik energiyasi xom ashyo manbalari ishlatilganda oltingugurt tutuni, chang chiqadi va bu atrof muhit uchun xavflidir. Agar tutunsiz kosmik birikmalari issiqlik energiyasi olishda ishlatilsa, atrof muxitga oltingugurt oksidi, azot va chang zarralari chiqadi.

Ba’zan issiqlik energiyasi olishda ishlatiladigan ko‘mirdan kul xosil qiladigan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismiga suv qo‘shilib, o‘ziga xos qorishma hosil qilinib, unga maxsus kimyoviy reagentlar qo‘shiladi va keyin yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.

Bu jarayon natijasida ko‘mirning 4-5 ming t qoldig‘idan yuzlab gektar maydon, ko‘mirni ho‘llash uchun ishlatildigan 500-600 ming m3 iflos suv esa atrof muhitni buzadi. Masalan Ukrainada 1 t ko‘mir olishda 0,15-0,75 t qoldiq, 1,5-12 m3 suv sarflanadi va ular iflos chiqindi sifatida atrof-muhitga tashlanadi. Undan tashqari 1 t neft olish uchun 5 t ko‘mir va 2-3 t toshko‘mir ishlatiladi.

O‘zbekistonning Angren va Kuzbassning janubiy-Abinsk ko‘mir konlarida ko‘mirni er ostida yoqib gazga aylantirish yo‘li bilan 250 ming kVt kuchga ega bug‘ gaz qurilmalari qurilgan. Bunday jarayonda ko‘mir gazga aylanadi va gaz, bug‘ turbinalari yordamida elektroenergiya vujudga keladi. Bunday elektrostansiyalarning kuchi 100 mvt ga teng bo‘lib, juda kam suv sarflanadi, ko‘mir qoldiqlari-shlak esa yo‘l qurilishlarida ishlatiladi. Ma’lumki, katta yoqilg‘idan har yili 100 mln. t dan ortiq ko‘l va shlak hosil bo‘lib, atrof-muhitni ifloslaydi.

YAponiya olimlari ko‘mir kuliga sement(25%) va suv(75%) qo‘shib yo‘l qurilishida ishlatmoqdalar. Bu uslub 60%-70% arzon, 2/3 vaqt tejaladi.

Undan tashqari, ko‘mir qoldiqlari yuzlab tog‘ tizmalarini hosil qiladi. Ularning balandligi 50-60 metrga etadi. Er yuzidagi 17,6 ming ko‘mir konlarining qoldiqlaridan 6,8 minggi yonib turadi va atmosferaga uglerod oksidi, azot, oltingugurt, vodorod sulfit kabi zaharli moddalarni tarqatadi. Ayniqsa oltingugurtning dioksid birikmasi juda zaharlidir. Masalan, shuning ta’siri natijasida Donbassda donli o‘simliklarning hosili 27% ga, grechixaniki 25%, karamniki 12% ga kamaygan, u qushlar, uy hayvonlari va inson sog‘lig‘i uchun xam zararlidir.

Ba’zi gaz konlarida oltingugurt H2S formasi uchraydi, shuning uchun ham tabiiy gaz H2S dan tozalanadi, chunki gazoprovod trubalarinikorroziya bo‘lishiga olib keladi. 1990-yili tabiiy gaz olish 835-850 mlrd.m3 ga etgan va 250000 km keladigan umumiy gazoprovod tarmog‘i tuzilgan. Hozirgi kunda 230-250 mln. aholi gazdan foydalanadi. Gazdan foydalanish O‘zbekistonning qishloq va shaharlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘p elektrostansiyalar neft qazib olishdan chiqayotgan gaz xisobiga ishlamoqda. Bundaylardan 1987-yili ishga tushgan Surgut GRES-2 ning kuchi 800 ming kVt ga teng. 1990-yilning oxirigacha neft bilan chiqayotgan gazdan foydalanishni 90%ga etkazilgan. “Tatneftegaz” kollektivi neftli gazdan foydalanishni 95,5%ga etkaziladi. Undan tashqari Qarg‘ada havzasidagi 12 ta shaxtadan bir sistema tuzilsa, har yili 168 mln. m3 gaz omboriga yig‘iladi, 200 ming tsh.yo. Energiya tejaladi va umumiy tuzilgan sistema uchun tuzilgan sistema uchun ketgan xarajat 1,5-2 yilda qoplashi rejalashtirilgan edi.

MGD-magnitogidrodinamik elektrostansiya. Hozirgi vaqtdagi elektr toki asosan organik moddalardan kelib chiqadigan issiqlik hisobiga (ko‘mir, neft, gaz) hosil bo‘ladi. Hattoki eng takomillashgan GESKPD lar ham faqat 40% atrofida elektr energiyasini beradi, xolos. Issiqlik energiyasining 2/3 qismi tabiat, havo, tuproq, suvni ifloslamoqda, tabiat qonunlarini,uning turg‘unligini buzmoqda. SHuning uchun issiqlik elektrostansiyalari MGD- generatorlar bilan ishlasa, yoqilg‘iga ketadigan, sarflanadigan mablag‘ 3 barobar kamayadi.


1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling