1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
YURIDIK TEXNIKUMLARIDA TA’LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMIDA O‘QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 2 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3351] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori , Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23- oktabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida” gi va 2021-yil 10- iyundagi 359-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 9-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarining bilimini baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3117, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3117/2445-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling