1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Download 107.95 Kb.
bet20/23
Sana19.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1709686
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org

«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi
o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof
etilib, uning yordamida o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim standartida
belgilangan barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Reyting tizimida o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha
shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Har
bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o‘quv fani uchun 100 ball
hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki yarim yillik uchun
to‘plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u
yetarlicha reyting ballini to‘plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha
attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim
o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
 ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
 o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
 ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
 ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy
mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
 o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish,
bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
 o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, uning o‘rniga
bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish
yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga
intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan
qiziqish ortadi.
Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan
foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag‘batlantiruvchi rolini



oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda.


Xususan:
-baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini
yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon
bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi,
plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
- raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv
ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul
dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab
etadi;
- o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun
qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga
asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q.
Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy
mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim
olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-
sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil
– aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.

Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling