1-Mavzu: “tarbiya” fani konsepsiyasi, davlat ta‟lim standarti, O„quv dasturlari (2-qism) Reja


Tarbiya fani uchun umumiy orta talimning davlat talim standartida


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1041068
1   2   3   4   5
Bog'liq
9SsBe2CmozKH37pH72DnGM4yhdkRSLtjM9jsA8r1

2. Tarbiya fani uchun umumiy orta talimning davlat talim standartida 
belgilangan umumiy orta talimning malaka talablari.
Umumiy o„rta ta‟limning malaka talablari umumta‟lim fanlari bo„yicha ta‟lim 
mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o„quv yuklamalari 
hajmiga hamda ta‟lim sifatiga qo„yiladigan talablardan iborat bo„lib, u 
quyidagilardan tashkil topadi: 
bilim - o„rganilgan ma‟lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; 
ko‘nikma - o„rganilgan bilimlami tanish vaziyatlarda qo„llay olish; 
malaka - o„rganilgan bilim va shakllangan ko„nikmalarni notanish vaziyatlarda 
qo„llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; 
kompetensiya - mavjud bilim, ko„nikma va malakalami kundalik faoliyatda 
qoTlay olish qobiliyati. 
Baholash tizimi - davlat ta‟lim standard bo„yicha umumiy o„rta ta‟limning 
malaka talablarini o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilishi darajasini hamda umumiy 
o„rta ta‟lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar 
majmuidan iborat. 
Umumiy o„rta ta‟lim tizimida “Tarbiya” fanini o„rganish quyidagi bosqichlarda 
amalga oshiriladi: 
Standart 
darajalari 
Ta‟lim bosqichi 
Darajalarning nomlanishi 
A1 
Maktabgacha ta‟lim 
“Tarbiya” fanini o„rganishning boshlang„ich 
darajasi 
A2 
UO„T 4-sinf bitiruvchisi 
“Tarbiya” fanini o„rganishning tayanch darajasi 
A2+ 
UO„T 9-sinf bitiruvchisi 
“Tarbiya” fanini o„rganishning kuchaytirilgan 
tayanch darajasi 
B1 
UO„T 11-sinf bitiruvchisi 
“Tarbiya” fanini o„rganishning umumiy darajasi 
Tarbiya kompetensiyalari quyidagilardan iborat: 
A2 daraja: 
- orzu qila oladi
- maqsadini aniq qo„ya oladi va amalga oshirishga intiladi; 
- tanqidiy tafakkurga ega bo„ladi; 
- mas‟uliyatni anglaydi; 
- hamkorlik qila oladi; 
- axloq qoidalariga ega bo„ladi; 
- to„g„ri harakatlarga amal qiladi va qo„llab-quvvatlaydi; 
- jarayonlarda tashabbus ko„rsatadi; 
- o„z-o„zini rivojlantiradi; 
- faoliyatini tahlil qila oladi


- atrof-muhitga oqilona munosabatda bo„la oladi. 
A2+ daraja: 
- Maqsad qo„ya oladi va uni amalga oshirishga harakat qiladi; 
- mas‟uliyat va majburiyatiga amal qiladi; 
- hislarini anglaydi va nazorat qila oladi; 
- mustaqil sog„lom fikrga ega bo„ladi; 
- pul topish ko„nikmalari shakllanadi; 
- liderlik sifatlarini namoyon etadi; 
- biznes va tadbirkorlik g„oyalarini ilgari sura oladi; 
- kreativ sifatlarini namoyon qiladi; 
- to„g„ri qaror qabul qiladi; 
- sog„lom turmush tarziga rioya qiladi va uni targ`ib qiladi;
- faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo„ladi; 
- axborotni tahlil qila oladi va axborot xavfsizligidan himoyalana oladi 
- bag„rikenglikni namoyon qila oladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling