1-Mavzu: tarbiyaning turlari qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari. Oquvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyasi quyidagi amaliy ishlarni bajaring


Tarbiya metodlari, ularning klassifikatsiyasi bilan tanishish


Download 74.99 Kb.
bet3/6
Sana08.03.2023
Hajmi74.99 Kb.
#1253512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-амалий

2. Tarbiya metodlari, ularning klassifikatsiyasi bilan tanishish. Tarbiya metodlari haqida so’z yuritilar ekan, avvalo talabalar tarbiya metodi nima? degan tushunchani yoritishlari kerak. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishga bog`liq.
Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog`liq. Tarbiyachilar ta’sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini o’zgartirishi uchun kerakli shart - sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi.




Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o’zida mujassamlashtiradi.
Metod- yunoncha atama bo’lib- aynan nimagadir yo’l, usul orqali maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:

  1. So’z orqali ifodalash usuli.

  2. Ko’rgazmalik usuli.

  3. Amaliy, namuna usuli.

  4. Rag`batlantirish va jazo usuli.

Yuqoridagi metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Brinchi guruh- so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga;
Ikkinchi guruh- kinofil’mlar, tasviriy san’at, bad’iy san’at va boshqa ko’rish orqali tarbiyalash usullarga;
Uchinchi guruh- tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o’rnak ko’rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko’rsatish;
To’rtinchi guruh- o’quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o’rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat taxtachasiga yopishtirish, va boshqa og`zaki, “rahmat”, “barakalla” kabi rag`batlantirish usullarini kiritish mumkin.
Tarbiyachining rag`batlantirish usuli ikkiga bo’linadi:

  • Siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondashganligini rag`batlantirish.

  • Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag`batlantirish.

Jazo- bu bolaning noto’g`ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish.
Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o’z xatosini tushungan bo’lsa-yu, sizga qilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bo’lsa, uni jazolashga zaruriyat yo’q. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal xato qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda qo’yidagi jazo turlari qo’llaniladi:

  1. Tushuntirish.

  2. Tanbeh berish.

  3. Ogohlantirish.

  4. Qattiq ogohlantirish.

  5. Uyaltirish.

Yuqoridagi jazo turlarini o’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz qo’llaydi. Ammo guruhdosh o’rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.





3. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’quv yili rejasida ko’rsatilgan biror bir tarbiyaviy soatlar yoki tadbirlarni tabiya metodlaridan foydalangan holda ssenariysini ishlab chiqish. Talabalar shahar maktablaridan birida bir soatlik tarbiyaviy soatni kuzatib, unda o’qituvchi tarbiya qoidalari va metodlarning qaybiridan o’rinli foydalana olganligini kuzatishlari zarur. Shu kuzatish natijasida o’zlari xohlagan mavzuni tanlab, bir soatlik tarbiyaviy soat ishlanmasini ishlab chiqishlari kerak.
E'tiboringizga 3-sinfga mo'ljallangan, insonparvarlik mavzusiga bag'ishlangan ertalikdan namuna havola etamiz. Ertalik uchun maxsus devoriy gazeta chiqariladi, sinf xonasi ertak qahramonlari aks etgan rasmlar bilan bezatiladi. Tadbirga bag'ishlab «Ertak kitoblar» ko'rgazmasi ham tashkil qilinadi.
Ertalikni boshlovchi olib boradi.

Download 74.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling