Mashg`ulotga tayyorgarlik ko’rish joyi: kutubxona, maktab.
Mashg`ulotni o’tish joyi: auditoriya.
Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad:
Ta’limiy maqsad: ijtimoiy tarbiyaning maqsad, vazifalari va mazmunini yoritib berish, pedagogik mahoratni shakllantirish, hamda jamiyatning tarbiya oldiga quyayotgan talablari to’g`risida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad Tarbiya qoidalarini o’rganish orqali ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, o’quvchilar shaxsini hurmatlash kabi fazilatlar ruhida tarbiyalash; tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli; mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishda tarbiya jarayonining ahamiyati.
Rivojlantiruvchi maqsad: tarbiya qoidalari va metodlarini tarbiya jarayonida to’g`ri tanlab bilishni o’rgatish, o’zlashtirishi past bo’lgan talabalarga alohida topshiriqlar berib, ularni faollashtirish.
MAShG`ULOTNING BORIShI
Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir. (Abdulla Avloniy)
1. Tarbiya jarayoni, o’qituvchining tarbiya qoidalariga amal qilishini o`rganish. Yuqoridagi tushunchalarni izohlashda talabalar avvalo tarbiya so’zining ma’nosini, uning inson kamolotidagi o’rnini juda yaxshi bilishlari kerak.
Tarbiya - ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqotdir.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) o’quvchiningning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish rejalashtiriladi .
B) Shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlashni rejalashtiriladi.
Tahlil qiling!
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim- tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatni sekin-asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohoda qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |