1-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet34/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1063619
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Amaliy mash

5- MASALA: «IX sinfda bizga yangi o’qituvchi keldi. Birinchi darsidanoq bizga qattiq va qo’pol muomala qila boshladi. U bizni o’zidan uzoqlashtira boshladi, biz ham shunga mos javob qaytardik. Balki biz o’qituvchiga nisbatan noto’g’ri yo’l tutgandirmiz, lekin har bir darsda «Axmoqlar, aqli pastlar» kabi so’zlarni eshitaverganimizdan so’ng boshqa choramiz qolmadi.
Bir kuni o’quvchilardan biri o’zini tuta olmay o’qituvchiga «Asablaringizni davolating» deb yuborganligi uchun uni maktabdan haydashdi. O’qituvchi haq, o’quvchi esa aybdor bo’lib qolaverdi. Agar o’qituvchi bizga «yovvoyi hayvonlarga» emas, balki insonga qilgandek muomala qilganda edi bu hodisa yuz bermas edi. Biz ham uni hurmat qilgan bo’lardik».
IX sinf o’quvchilarining tahririyatga ushbu mazmunda xat yozishiga nima sabab bo’lgan? O’qituvchi darsda qanday yo’l tutishi kerak edi? Darsda ishchan muhitni yaratishning asosida nima yotadi deb o’ylaysiz?


6- MASALA: Bir a¸l shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Turmush o’rtog’im - muxandis, men- muxbir, otam- hisobchi, onam- tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan odam bo’lib etishadi».
A¸l haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling.
7- MASALA: Bir ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli buyumlarni berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli uch yashar o’g’limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o’yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko’p o’tmay bu buyumlarni har yoqqa otib tashlaydi va xonada kaltak ko’tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko’radi. Men o’g’limning bu borishida yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.»
Onaga xatosi nimaligini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring.


8- MASALA: 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yo’qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo’qoldi. O’qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to’g’risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog’liq. Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O’g’lim (9 yosh) qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni ko’proq ana shu qo’rquvni yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman.
O’yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O’qituvchi to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
3. Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi yerda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?



  1. O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi.

Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?





Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling