1-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet38/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1063619
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Amaliy mash

22. MASALA: O’quvchi o’zining sevimli o’qituvchisi haqida shunday eslaydi: «U darsni shunday tashkil qilardiki, o’zini juda bilag’on kishi sifatida ajratib ko’rsatmasdi. Hech kim unga o’z fikrini aytishdan qo’rqmasdi. Biz darsdan doimo ko’nglimiz to’lib, hatto o’zimizga ishonchimiz ortib chiqar edik. U darsda har bir o’quvchining imkoniyatidan to’liq foydalanishga harakat qilardi. Bizga ba`zan u darsda ishtirok etayaptiyu, lekin biz uni olib borayotgandek tuyulardi. U hech qachon «Bunday emas!» deb fikrni kesib qo’ymasdi. Agar biz nohaq bo’lsak u yo’naltirardi, ishontirardi, asoslardi. U o’qituvchilik rolini o’ynamasdi, balki biz bilan yashardi».
O’quvchining o’qituvchi faoliyatiga bergan bahosini tahlil qiling. Ta`lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchi qanday psixologik qonuniyatlardan foydalangan? O’qituvchi muvoffaqiyatining siri nimada?


23- MASALA: Anvarning matematikadan birinchi marta uch baho oldi. U kundalikn o’qituvchi qo’lidan olib, rostdan ham uch olganiga ishondi. Joyiga borib o’tirdi.
U bu muvaffaqqiyatdan juda xursand edi. endi boshqa fanlardan ham ikkisini to’g’rilashni, «tarbiyasi og’ir» degan nomdan qutilishni, onasini xursand qilishni o’ylardi. U shirin xayollar bilan darsning yarmi o’tib ketganini sezmay qoldi. U kundalikdagi bahosiga qarab to’ymasdi. Shu payt o’qituvchi :
Nima uchun kundalik o’ynab o’tiribsan? Qani mening savolimni takrorlachi!, deb qoldi. Anvar savolni takrorlay olmadi.
Kundaligingni menga ber!, -dedi o’qituvchi.
Anvar kundalikni stol tagiga yashirdi. Bu olovga moy sepgandek bo’ldi.
Anvar e`tiroz bildirmoqchi bo’ldi, lekin o’qituvchi bola katta orzular bilan eslayotgan uch bahoni ikkiga o’zgartirib qo’ydi.
O’qituvchi xatoga yo’l qo’yganini tushundimi? Bu holda qanday yo’l tutish kerak edi? O’qituvchi qo’llashi mumkin bo’lgan holatlar variantlarini bering.


24- MASALA: O’quvchi she`rni yaxshi ayta turib, birdan to’xtab qoldi, yana boshladi va to’xtadi. So’ngra yig’lab «Yodlagan edim», dedi. O’qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob bersin, keyin aytib berasan», -dedi.
O’quvchi o’zini tutib olib she`rni to’xtamay aytib berdi. O’qituvchi 5 baho qo’ydi.
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o’rtasida bahoni oshirib qo’ymadimikin degan munozara boshlandi. O’qituvchi esa, men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan, harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi. Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o’qimagan bo’ladi.
O’qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta`lim prinsipi qo’llanilayapti?



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling