1-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet36/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1063619
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Amaliy mash

13- MASALA: Ota quyidagicha hikoya qiladi: «o’g’lim qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni kuproq ana shu qo’rquvni enga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman.
O’yin paytida chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi navdasini menga olib ber. Uni emas, narigi yuqoridagisini» deyman.
Ota to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
14- MASALA: Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi polda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta`sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?
15- MASALA: Darsda bir o’quvchi javob berayotgan edi. O’qituvchi yaxshi o’qiydigan bir o’quvchini partadoshi bilan gapirishib o’tirganini ko’rib qoldi va undan mavzuni kelgan joyidan davom ettirishni so’radi. O’quvchi to’liq javob berdi. Lekin o’qituvchi unga darsda gaplashib o’tirgani uchun «uch» baho qo’ydi.
O’qituvchi to’g’ri ish qildimi? Siz qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?
16- MASALA: O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab uni olib kelishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?
17- MASALA: Yosh o’qituvchini 1X V sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo’lgan va yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo’lib uyushmagan, o’quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakt qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o’qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir o’zaro sog’lom munosabatlarni o’rnatishga, yuqori sinf o’quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf o’quvchilaridan biri o’z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o’qish uchun bormayman. Bu erda mening doimo yordamga tayyor bo’lgan do’stlarim bor. Ilgari mening faqat ko’chada do’stlarim bor edi. Ular bilan juda ma`nisiz xayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go’zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning mehriga ishonishga, o’z hatti-harakatim uchun javob berishga o’rgandim. Men sinfimga biror -bir ziyon etkazishdan xavotirlanaman».
Yosh o’qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo’lgan sinfda ijobiy natijalarga erishishga nima yordam berdi deb uylaysiz?

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling