1-Mavzu: Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet37/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1063619
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Amaliy mash

18- MASALA: Sinfda qator yillar davomida saylangan kat`iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo’ysinib keldi. Lekin keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o’qituvchining xatosini to’g’rilash maqsadida kat`iy chora ko’rdi. Sinfda qayta saylov o’tkazilib, «faollar» o’rnini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki haftadan so’ng saylov o’zini oqlamaganligi aniq bo’ldi. Yangi faollarning bir qismi o’z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil topib, «passivlar» ikki barobar ortdi.
O’qituvchi qanday xatoga yo’l qo’ydi? Bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak edi? Qanday holda aktiv jamaoni jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o’z-o’zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?
19- MASALA:VI B sinf rahbari o’quvchilar o’rtasida norasmiy so’rov o’tkazishi natijasida kamsuqum Anvar sinfdagi eng faol Baxtiyordan ko’ra katta obro’ga ega ekanligini aniqladi. Baxtiyor sinfkom edi.
Shunga asoslanib Baxtiyor noto’g’ri saylangan, uni Anvar bilan almashtirish kerak degan xulosaga kelish mumkinmi? Sinf rahbari qanday yo’l tutishi kerak?


20- MASALA: Ko’p bolali oilaning otasi mamnun bo’lib hikoya qiladi: Er ag’darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechen`e sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin erni chopib beringlar, deyman.
Bolalar konfetsiz er ag’darishmaydimi?- so’radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da,- tushuntirdi ota.
Ota qo’llagan rag’batlantirish usuliga qanday baho berasiz?


21- MASALA: 3-sinf o’quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvallari o’g’limning hamma ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko’p vaqt ajratardim. Ishga kirganimdan so’ng «ikki baholar» ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi bajarilmagan, bajarilagni esa iflos, tushunarsiz bo’lgani uchun uni qayta ko’chirish kerak. Lekin qachon ulgurardi? Uxlash vaqti bo’lib qolardi.
Ota-onaning xatosi nimada? Siz qanday yo’l tutardingiz?



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling