1-mavzu: Tarbiyaviy ish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi
Download 131 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu:Tarbiyaviy ishlar jarayonida guruh rahbarining pedagogik mahorati. 1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma‘naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‘naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish ; - tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish ; - ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish ; - tarbiyaviy ishlarning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta‘sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e‘tibor qaratish zarur bo‘ladi. 1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba‘zi bir talablarga ta‘sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e‘tiborni qaratish zarur bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi va tarbiyachilar yoshlar 2-mavzu:Tarbiyaviy ishlar jarayonida guruh rahbarining pedagogik mahorati. 1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahorat – bu o‘qituvchi nutqining ravon va ta‘sirchan bo‘lishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana olishi, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishini, har bir darsda bolaning qiziqish va faoliyatini rivojlantirishni ta‘minlaydigan kasbiy malakadir. Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. V.A. Suxomlinskiy o‘zining ―Chin insonni qanday tarbiyalash kerak‖ degan asarida ―O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi‖. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho‘qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi har bir daqiqa, har bir soniyada o‘zining o‘ttizta yoki qirqta o‘quvchisidan har birini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak-degan fikrlarni bayon etadi. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya‘ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o‘ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe‘l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a‘zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin, qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o‘qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo‘lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi. Uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilish muammolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov: «O‘qituv‘chi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta‘minlashimiz lozim va ... bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir»,-deb ta‘kidlagan edi. «Ta‘lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas‘uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi. O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas‘uliyatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetilishiga o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. 1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. 2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta‘lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi. 3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 4.O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim. 5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san‘at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. 6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi. 7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. Albatta ushbu vazifalarni amalga oshirishda o‘quvchilarning pedagogik mahoratini oshirish muhim hisoblanadi. Chunki, pedagogik mahorat o‘qituvchining nazariy-metodik tayyorgarligi, qobiliyati, malakasini muntazam va mukammal oshirib borish uning pedagogik mahorati va ta‘lim sifatini oshirishga oid bilimlarni rivojlantiradi. Albatta bunda o‘qituvchi o‘z faoliyatida ta‘lim islohotlarini ilmiy asoslangan holda amalga oshirishi, uslubiy jihatdan yondoshishi, eng murakkab ishlarni bajarishi, shaxsni kamolga yetkazish, ma‘naviy-kasbiy ehtiyojlarini qondirish va rivojlantirishga e‘tibor qaratish muhim hisoblanadi. Chunki, pedagog mahoratni oshirish, o‘qituvchi oldiga yangi talablar qo‘yish, aniq maqsadlarni ishlab chiqish mazmuni o‘quv jarayonining noan‘anaviy shakllari va usullari, dars beruvchilar tarkibi va o‘quv bazasini takomillashtirishni taqozo etadi. Pedagogik mahoratni oshirishda o‘qituvchilarning mustaqil ta‘lim egallashi yetakchi o‘rinni egallaydi, chunki o‘qituvchilarning mustaqil ta‘lim egallashi o‘qitish mazmunining metodik darajasini oshiradi. O‘qitish jarayonini amalga oshirishda o‘qituvchilarda tajribaga ega bo‘lgan tanqidiy tafakkur shakllanadi. Ularda pedagogika nazariyasi va metodikaga oid bilimlar rivojlanadi. Bugungi kunda o‘qituvchilar, xalq ta‘limi xodimlari, o‘qituvchilar, maktab va ta‘limni boshqaruv rahbarlarining faoliyatini takomillash-tirish, ta‘lim-tarbiya sohasidagi mahoratini yuksak darajaga ko‘tarish muhim hisoblanadi. Chunki pedagogik kadrlarga qo‘yiladigan talablar kundan-kunga o‘sib bormoqda. Buning uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur egallagan bo‘lishi bilan birga xalq hayoti, manfaatlari, so‘rovlari va ehtiyojlariga xizmat qilishi muhimdir. Ayniqsa, XXI asr yoshlarining ma‘naviy dunyosini yaxshi bilishi va ularda mustaqil fikrlash, milliy ong va tafakkurni tarbiyalash o‘qituvchining asosiy vazifasidir. O‘qituvchilar tarbiya jarayoni mazmuni, shakllari va usullarini pedagogik, axborot, kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirishi pedagogik mahoratning asosi hisoblanadi. O‘qituvchining mahorat xususiyatlari uning faoliyatida shakllanadi. Demak, pedagogik mahorat bu uning shaxsiy faoliyatining mohiyati hisoblanadi. Bu uning yetukligi va kasbiy burchini namoyon etadi. Pedagogik mahoratning yuqori darajada bo‘lishi oliy o‘quv yurtlari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va maktabning barcha o‘quv fanlari o‘qituvchilari, bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining ta‘lim-tarbiya faoliyati bilan bog‘liq. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta‘lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchi mahoratidan boshlanadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosdan foydalanishi, buyuk zotlarning olijanob mehnatini hurmat bilan o‘quvchilarga tushuntirishi yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas‘uliyatli vazifani ado etishda muhim hisoblanadi. Yoshlarning ma‘naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Demak, o‘qituvchi o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, bevosita uning faoliyatida o‘quvchining yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishi ulkan ahamiyatga ega. Shu jihatdan ham o‘qituvchilarda birinchi navbatda o‘qituvchilarda boshqaruv psixologiyasini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Chunki, tashkilotchilik va boshqaruvchilik o‘qituvchi pedagogik mahoratining asosini tashkil etadi. Sinf rahbarining boshqaruvi ta‘limning samarador bo‘lishida jamoaga va ba‘zi bir o‘qituvchilarga doimiy ta‘siri natijalarini namoyon etadi. O‘qituvchi uchun har bir sinf boshqaruv obyekti hisoblanadi. Uning o‘ziga xos parametrlari mavjud. Bizga ma‘lumki, har bir o‘quvchi – o‘zining qobiliyatlari, did-farosati, maqsadlari bilan shaxs hisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘qituvchi boshqaruv jarayonida o‘z o‘quvchilarini turli topshiriqlarni bajarishga, o‘quv materiallaridan foydalanishga, voqyea va hodisalarni tushunish kabilarni amalga oshirishda faol bo‘lishga o‘rgatishi lozim. Shu bilan birga bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarga e‘tibor qilmasdan ularning diqqatini hisobga olgan holda o‘quv materiallarini tushuntiradi. Keyingi mavzuni boshlash uchun vaqtning yetarli ekanligini, hozirgi o‘tilgan mavzu bo‘yicha savollarga kimlar javob berishini aniqlaydi. O‘qituvchining faolligida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Chunki, sinf turli voqyealarga boy va ba‘zi bir jarayonlarda kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarga ega. Bunday sharoitda o‘qituvchi tezlik bilan o‘quvchilarning gap tashlashlari, sukut saqlashlari, urush va kulishlari, xafachilik va tushunmasliklarini e‘tiborga olib, ular bilan axborot almashib turishlari o‘z samarasini beradi. Boshqaruvda muloqotning oshkoraligi muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar doimo o‘zlarini sahnada yurgandek his etadilar. Har bir so‘z va harakatga atrofdagilar baho berishadi. O‘qituvchining to‘g‘riligi, uning haqiqatgo‘yligi, uning yaxshi ko‘radiganlari bormi yoki yo‘qligini o‘quvchilar kuzatadilar. Shu jihatdan ham muloqot oshkoraligi qabul qilingan normalar va belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi - o‘z o‘quvchilarini u yoki bu vaziyatda qanday tutishi kerakligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sinf faoliyatidagi o‘zaro munosabatlar o‘qituvchi yoki o‘quvchining ba‘zi bir xatti-harakatlari, ilgari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarga bog‘liq. O‘quvchining doimiy darsga kech kelishini birinchi martadagidan ko‘ra boshqacha qabul qilishadi. Albatta bunday holatlarda o‘zaro yordam va hamkorlik tashkil etish muhim. O‘qituvchi uchun eng asosiy vazifa boshqarish hisoblanadi. Ushbu qo‘yilgan maqsad sinfdagi o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro yordamini oshirish, bolalarni o‘qitishda hamkorlik, topshiriqlarni bajarishda kichik guruhlarni tashkil etish o‘z samarasini beradi. Tarbiya jarayonini boshqarishning muhim xususiyatlaridan biri ongli va reja asosida ta‘sir qilishdir. Tarbiya beruvchi va tarbiya oluvchi o‘rtasidagi boshqaruv aloqalarining amaliy holatga ega ekanligiga alohida e‘tibor qaratish o‘quvchining ijobiy holatlariga, qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi. Ya‘ni boshqaruv tizimida ma‘lum bir shart-sharoitlarda berilgan topshiriqlarni bajarish turli xil ichki va tashqi sabablarga qaramasdan belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlash, belgilangan vazifalar harakati tizimini saqlash qobiliyatiga ega bo‘lish, qat‘iylik kabilar kamol topadi. Boshqaruv jarayonida harakat, natija, yangi maqsad tizimining shakllanishi o‘quv-tarbiya faoliyati samaradorligini oshiradi. Tarbiya jarayonining boshqarish samaradorligi ma‘lum bir talablarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat: - tarbiya maqsadlarini shakllantirish; - tarbiyani boshqarish jarayonida sinf o‘quvchilari holatini o‘rnatish; - tarbiya jarayonida asosiy masalalarni harakatga keltiruvchi dastur ishlab chiqish; - tarbiya jarayoni holati haqidagi axborotlarni ma‘lum parametrlar bilan qabul qilish; - axborotlarni qayta ishlab ularni tahlil qilib, tarbiya jarayonida foydalanish. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling