1-mavzu: Tarbiyaviy ish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 131 Kb.
bet5/6
Sana21.09.2023
Hajmi131 Kb.
#1683562
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Adabiyotlar
1. I.Karimovning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi// Ma‘rifat, 2013,1 oktyabr.
2. Yo‘ldoshev J.G‘. Malaka oshirishning nazariy va metodologik asoslari. -T.: O‘qituvchi 1998.

5-mavzu: O‟zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyati, maqsad va vazifalari.
Umumta‟lim maktab o‟quvchilarining o‟zini o‟zi boshqarishni tashkil etishning maqsad va vazifalari. Umumta‘lim maktab o‘quvchilarining o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmasi ta‘lim muassasalari tarbiyaviy tizimining muhim vositasidir. Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha ta'lim muassasalarida ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘ich tashkilotlari mavjud. Maktab o‘quvchilarining aksariyat qismi ―Kamalak‖ bolalar tashkilotining a‘zolari hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari shu tashkilot atrofida birlashib faoliyat yuritadi. Mazkur tashkilotlar qisqa vaqt davomida shakllanib, faoliyat yo‘nalishlarining keng qamrovliligi bilan barcha yoshlarni o‘z saflariga birlashtira oldi.
Ish rejalari tuzishlarida yordamlashishi va uni muhokama qilishlari kerak. Sinf rahbarlari va sinf tashkilotchilari bo‘lgan o‘quvchilar, yetakchi, ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati, ―Kamalak‖ bolalar tashkiloti bilan hamjihat bo‘lib ishlashlari, har doim bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishlari maktab hayoti bilan jambarchas bog‘liq holda amalga oshirilishi, shu bilan birgalikda ular barkamol avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda ishtirok etishlari kerak. Maktab rahbariyati o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlari bilan birgalikda o‘quvchilarning o‘qishlari va tarbiyaviy ishlarini yaxshilash ishlarida faol qatnashishi kerak. Bundan tashqari o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlari o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishlarini yaxshilash ishida, o‘quvchilarning intizomlarini mustahkamlash uchun o‘qituvchilarning yordamchilari hisoblanadi. Darsdan tashqari o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda, fan to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy havaskorlik, kompyuter, yosh ijodkorlar, kitobsevarlar ishlarini tashkil qilishda sinf rahbarlari va o‘qituvchilarga yaqindan yordam berishlarini tashkil etadi. Umumta‘lim maktabi direktori va barcha o‘qituvchilar maktabdagi o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlarining ishlari uchun javobgar ekanliklarini his qilmoqlari kerak. Maktab rahbariyati va barcha pedagoglar o‘quvchilar bilan hamkorlikda o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlarining
Umumta‘lim maktab o‘quvchilarining o‘zini o‘zi boshqarish tizimi quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
-ta‘lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirishga ko‘maklashish;
- bolalar va o‘smirlarning o‘z talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta‘lim muassasalari boshqaruvida faol ishtirok etishini amalga oshirib borish;
- o‘quvchilarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ular bilan do‘stona munosabatni shakllantirish, hamkorlik pedagogikasini amalga oshirish;
- o‘quvchilarning jamoatchilik orasidagi ilg‘or tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.
Maktab o‘quvchilarining o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlarining yuqori organi o‘quvchilar jamoasining O‘quvchilar kengashi hisoblanadi. O‘quvchilar kengashi:
- maktab o‘quvchilarining barcha birlashma va organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qiladi;
- o‘quvchilarning o‘ziga o‘zi xizmatini, navbatchiligini tashkil qiladi, maktabda intizom va tartibni qullab-quvvatlaydi;
- quyi sinf o‘quvchilari uchun yuqori sinf o‘quvchilarining otalig‘ini o‘rnatadi;
- maktab o‘quvchilarining yig‘ilishlari va anjumanlarini tayyorlaydi, tegishli qoidalar o‘rnatadi;
- maktabda va sinflarda devoriy gazetalarning o‘z vaqtida chiqishini tashkil qiladi;
- o‘z yig‘ilishlarida maktabning muhim tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik rejalarini muhokama etadi va tasdiqlaydi, ishchi guruhlari hisobotlarini eshitadi. Sinf jamoalarining hisobotlari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- sinf sardorlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
- o‘z vakolotlari doirasida o‘quvchilarning mas‘ul vazifalari va burchlari ijrosi bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, rag‘batlantirish va tartib choralarini ko‘radi;
- sinf jamoalari o‘rtasida musobaqalar tashkil qiladi, bu musobaqalarning yakunlari bo‘yicha xulosa chiqaradi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling