1-mavzu: Tarbiyaviy ish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ish faoliyati haqida tushuncha


Download 131 Kb.
bet6/6
Sana21.09.2023
Hajmi131 Kb.
#1683562
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

2.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ish faoliyati haqida tushuncha. O‘zbekiston ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati – O‘zbekiston yoshlarining ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 24-yanvar kuni yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ―Kamolot‖ yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo‘lishi mavzusidagi so‘zlagan nutqi yoshlar harakatini tashkil qilish, tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shunga asosan bu tashkilot 2001 yil 25 aprelda tashkil topgan bo‘lib, harakat faoliyatining asosiy maqsadi – O‘zbekiston yoshlarini birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun shart-sharpoit yaratib berishdan iborat. Harakatga uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom talablarini tan oladigan, ularni amalga oshirish yo‘lida faol harakat qiladigan, Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq faravonligi yo‘lida mehnat qilish va kurashishni o‘zi uchun hayotiyo e‘tiqod deb biladigan, o‘qishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida o‘rnak bo‘ladigan, irqi, jinsi, millati, dini, tili,shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat‘i nazar, uning talablarini bajaradigan 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari a‘zo bo‘lishi mumkin. Harakatning oliy organi besh yilda bir marta chaqiriladigan qurultoy, rahbar organi olti oyda bir marta chaqiriladigan Markaziy Kengash, ijroiya organi ikki oyda bir marta chaqiriladigan Ijroiya qo‘mita hisoblanadi.
Harakatning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari, shuningdek, tuman, shahar bo‘limlari bo‘lib, ularning yuqori organi ikki yarim yilda bir marta chaqiriladigan konferensiyadir.
Harakatning negizi boshlang‘ich tashkilotlar hisobanadi, ular yoshlarning o‘qish, ish va xizmat joylarida tashkil etiladi. Yoshlarning yashash joylari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tashkil etilmaydi. Har bir boshlang‘ich tashkilotning bir yilda bir marta o‘tkaziladigan umumiy hisobot yig‘ilishida ko‘pchilik ovoz bilan saylanadigan yetakchisi bo‘ladi. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarni birlashtiradigan bolalar tashkiloti tuzigan. Bolalar tashkiloti harakati Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida faoliyat ko‘rsatadi. Bolalarning qalbi va va ongiga harakatning asosiy maqsad va muddaolarini sindirishni o‘z vazifasi deb biladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 maydagi ―O‘zbekiston yoshlarining ―Kamolot‖ ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida‖ gi qarori harakatning Dasturi va Nizomida belgilangan vazifalar asosida faoliyat olib boradi:
1.Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, ―O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida‖gi va ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunlari, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, O‘zbekiston ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) Ustavi, ―Kamalak‖ bolalar tashkiloti hamda ta‘lim muassasalari Nizomlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, ―Kamolot‖ YoIHning umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini belgilaydi.
2.Boshlang‘ich tashkilot ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati va uning qoshidagi ―Kamalak‖ bolalar tashkiloti faoliyatini umumiy o‘rta ta‘lim maktabida tashkil etadigan quyi bo‘g‘in hisoblanadi.
3.Umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlar ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar manfaatlarini himoya qilish, ta‘lim sifati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish, o‘quvchilarning iqtidor va iste‘dodlarini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, ma‘naviy barkamol shaxslar bo‘lib yetishishida ta‘lim muassasalariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
4.Boshlang‘ich tashkilot umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining ―Kamalak‖ bolalar tashkiloti va ―Kamolot‖ YoIH a‘zolari bo‘lgan o‘quvchilari hamda o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan pedagog xodimlarini birlashtiradi.
5.Boshlang‘ich tashkilot faoliyati tabiiy yetakchilik qobiliyatiga ega, o‘ttiz yoshdan oshmagan, ―Kamolot‖ YoIH ning faol a‘zosi bo‘lgan oliy ma‘lumotli pedagoglar orasidan saylangan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi (keyingi o‘rinlarda Yetakchi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.
6.Boshlang‘ich tashkilot faoliyati umumiy o‘rta ta‘lim maktabi direktorining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda ―Kamolot‖ YoIH kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Harakat Yoshlar muammolari instituti, ―Yangi asr avlodi‖ nashriyot-matbaa markazini ta‘sis etgan. Harakat muassasaligida ―Turkiston‖, ―Molodyoj Uzbekistana‖ gazetalari, ―Yosh kuch‖, ―Sirli olam‖, ―Sinfdosh‖, ―G‘uncha‖, ―Yoshlik‖ jurnallari nashr etiladi.
Harakat tarkibida va uning homiyligida o‘quvchilarni birlashtiradigan bolalar tashkiloti tuzilgan. Bolalar toshkiloti harakat Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini tarbiyaning o‘ziga xos yondashuvi va usullaridan foydalangan holda bolalarning qalbi va ongiga harakatning asosiy maqsad va muddaolarini singdirishga qatatgan.
―Kamalak‖ bolalar tashkiloti ham ixtiyoriy, mustaqil tashkilot bo‘lib, bolalarning qiziqishlari asosida faoliyat olib boradi. Bu tshkilotning maqsadi o‘quvchilarga milliy g‘oya va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan bo‘lib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘yidagi vazifalarni bajaradi:
1.Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari ma‘muriyati bilan hamkorlikda pedagogik jamoa, faol o‘quvchilar, jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kamol toptirishga qaratilgan ma‘naviy-ma‘rifiy, ta‘lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
2.Umumiy o‘rta ta‘lim maktabidagi ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolari, taklif-istaklarini o‘rganish va hal etishda yordamlashadi..
3.Maktab ma‘muriyati ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda iste‘dodli o‘quvchilarning intilishi va qiziqishlarini o‘rganish, ijtimoiy faolligini oshirish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda ko‘maklashish, ular o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi, sport musobaqlari, ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar tashkil ko‘maklashadi.
4.Ta‘lim muassasalaridagi sinflar bo‘yicha ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda ―Kamalak‖ devoriy gazetalarini tashkil etish, ―Kamalak yo‘nalish bo‘yicha sinf sardorlari faoliyati, tashabbuslari, maktabdagi faol o‘quvchilar erishayotgan natijalarni yoritib borish, bu ishga o‘quvchilarni keng jalb etish.
5.Umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ―Ichki tartib-qoidasi‖ ga o‘quvchilarning to‘liq rioya etishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
6.O‘quvchilar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, past saviyali ―ommaviy madaniyat‖ va milliy ma‘naviyatimizga zid bo‘lgan ma‘naviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borishga ko‘maklashish.
7.Maktab ma‘muriyati, sinf rahbari, ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda o‘quvchilarning hududga yaqin joydagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirishga ko‘maklashadi.
8.Maktab ma‘muriyati, ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda ta‘lim muassasasidagi va sinflardagi davomatni, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish yordamlashadi.
9.Maktab ma‘muriyati ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy g‘arakati, sinf rahbari bilan hamkorlikda ta‘lim muassasalaridagi kam ta‘minlangan, yetim (chin yetim), yakka tartibda ta‘lim oluvchi o‘quvchilar, tarbiyasi og‘ir bolalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini yaratish, ularga ma‘naviy ko‘mak berish, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tashabbuslar ko‘rsatish, ta‘lim muassasasiga yaqin hududda istiqomat qiluvchi faxriylar, yolg‘iz qariyalar holidan xabar olish, nogiron bolali oilalarga borib, madaniy-ma‘naviy tadbirlar uyushtirish, uy-ro‘zg‘or yumushlarida ko‘maklashish.
10.―Kamalak‖ bolalar tashkiloti safiga o‘quvchilarni jalb etish bo‘yicha harakatning maqsad-vazifalarini tushuntirish, targ‘ib qilishga qaratilgan tashviqot ishlarini olib borish.
11.Boshlang‘ich tashkilotning joylardagi Mahalla fuqarolar yig‘inlari xuzuridagi Voyaga yetmaganlar, yoshlar, sport va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyalar bilan hamkorligini mustahkamlash, maktab ma‘muriyati bilan birgalikda o‘quvchilarning maktabdan tashqari(oila, mahalla)dagi tarbiyasi, odob-axloqi, oilaviy muhitdagi kamchiliklar to‘g‘risida ma‘lumotlar yig‘ishga ko‘maklashish.
12.Mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim tarixiy sanalarni o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida munosib nishonlash bo‘yicha tadbirlarda qatnashish. Bayram tadbirlarini uyushtirishga ko‘maklashish, maxsus devoriy gazetalar chiqarishni tashkil qilish.
Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling