1 mavzu: tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalte-riya hisobining normativ-huquqiy va tashkiliy asoslari reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 222.5 Kb.
bet10/20
Sana03.02.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1154996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
1-мавзу Магистр 1 к лотин

8-modda. Valyuta kursi
O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo’yicha operasiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.
Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga bo’lgan talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Markaziy bank valyuta operasiyalari bo’yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.11.00.00 Мажбуриятларнинг алоҳида турлари / 03.11.17.00 Ҳисоб-китоблар (шунингдек, 07.21.03.00га қаранг) / 03.11.17.01 Умумий қоидалар. Дебиторлик ва кредиторлик қарздорлик;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.03.00 Ҳисоб-китоблар ва касса операциялари (шунингдек, 03.11.17.00, 07.21.04.00 ларга қаранг)]
9-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar va to’lovlar
O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va to’lovlar O’zbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat O’zbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida realizasiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog’lanishiga yo’l qo’yilmaydi. Alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi bitimlar va O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investisiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investisiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi hududida realizasiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog’lanishiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.
Davlat bojlari, yig’imlari va boshqa majburiy to’lovlar faqat O’zbekiston Respublikasi valyutasida undiriladi, bundan konsullik yig’imlari mustasno.

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling