1 mavzu: tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalte-riya hisobining normativ-huquqiy va tashkiliy asoslari reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat


Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobining


Download 222.5 Kb.
bet4/20
Sana03.02.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1154996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-мавзу Магистр 1 к лотин

Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to’liq, ishonarli, o’z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Bu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:

  • buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlar holati va harakati, mulkiy hukuq va majburiyatlar holati to’g’risida to’liq, ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish;

  • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish.

Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobi ma’lum qoidalar va tamoyillar bo’yicha yuritiladi.
Tamoyil va qoidalarning shunday majmuini o’rnatish kerakki, uni amalda qo’llash tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobini yuritishining maksimal samarasini ta’minlasin. Bunda samara deb moliyaviy va boshqaruv axborotlarni o’z vaqtida shakllantirish keng doiradagi foydalanuvchilar uchun ishonchliligi, ravonligi va foydaliligini ta’minlash tushuniladi.
Hisob yuritishning umumiy qoidalari va tamoyillari har bir xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko’rsatish sharoitlari, xodimlar kvalifikasiyasi, mavjud boshqaruv texnik bazasidan kelib chiqqan qolda konkretlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zining hisob siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
№1BHMS”Moliyaviy hisobot va hisob siyosati”ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar har bir xo’jalik yili uchun o’z hisob siyosatini ishlab chiqishi kerak.
Buxgalteriya hisobi siyosatiga xo’jalik faoliyati faktlarini guruhlash va baholash, aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish, hujjat aylanish va inventarizasiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo’llash usullari, hisob tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va boshqa tegishli usullar kiradi.Shunday qilib hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish usullari yig’indisidan iborat.
Bu hisob siyosatida moddiy qiymatliklarni tayyorlash, sotib olish va baholash qoidalari hamda tartibi, buyumlarni asosiy vositalar, inventar va xo’jalik jihozlariga kiritish mezoni, ularning eskirishi, tayyor mahsulotlarni baholash va sotish tartibi, buxgalteriya hisobini ish schyotlar rejasini ishlab chiqish belgilanadi. Navbatdagi hisobot yili uchun ishlab chiqilgan hisob siyosati xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan tasdiqlangandan so’ng yuridik kuchga ega hujjat statusiga ega bo’ladi.
Hisob siyosatining bir qismi sifatida quyidagilar tasdiqlagi:

  • Buxgalteriya hisobi va hisobotning o'z vaqtida va to'liqligi talablariga muvofiq valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini hisobga olish uchun zarur bo'lgan sintetik va analitik hisoblarni o'z ichiga olgan buxgalteriya hisobining ishchi schyotlari rejasi;

  • Birlamchi buxgalteriya hujjatlarining namunaviy shakllari taqdim etilmagan tashqi iqtisodiy faoliyat faktlarini rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan birlamchi buxgalteriya hujjatlari shakllari, shuningdek ichki moliyaviy hisobotlar uchun hujjatlar shakllari;

  • Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va passivlarni baholash usullari;

  • Valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi.


Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling