1 mavzu: tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalte-riya hisobining normativ-huquqiy va tashkiliy asoslari reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 222.5 Kb.
bet1/20
Sana03.02.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1154996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-мавзу Магистр 1 к лотин


1 MAVZU: TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT BUXGALTE-RIYA HISOBINING NORMATIV-HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
REJA:
1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat.
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobining normativ-huquqiy asoslari
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslari
4. Valyuta operatsiyalari hisobi


1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida (yangi tahriri)” Qonunining 3-moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi”. O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi (4-modda).

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadilar.
Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo’lgan tovarlari, ishlari (xizmatlari), har qanday mol-mulki, shu jumladan, qimmatli qog’ozlari, valyuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyalari, transport vositalari, intellektual mulk obyektlari xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:

  • qonunchilik doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o’z xohishiga ko’ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi subyektlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi subyektlarning majburiyatlari:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;

  • O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O’zbekistonda belgilab qo’yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi subyektlarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

  • xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

  • tashqi savdo faoliyati;

  • chet el investisiyalarini jalb qilish;

  • O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investisiya faoliyati.


Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling