1 mavzu: tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalte-riya hisobining normativ-huquqiy va tashkiliy asoslari reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat
Download 222.5 Kb.
|
1-мавзу Магистр 1 к лотин
Demping - chet el bozorini egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida molni xorijda o’z mamlakatidagi yoki jahon miqyosidagi narxidan ancha arzonga sotish — raqobatli kurash vositalaridan biri.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobining normativ-huquqiy asoslari Tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobining axborotlari bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga, obyektiv, hammaga tushunarli bo’lishi amaldagi me’yoriy bazaga bog’liq. O’zbekiston hududida buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkiliy – uslubiy asosini 2016 yil 13 aprelda qabul qilish qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida (yangi tahriri)»gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom», Buxgalteriya hisobining Milliy standartilari, Moliya vazirligi tamonidan qabul qilingan Nizomlar hamda xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati tashkil etadi. Buxgalteriya hisobining Milliy standarti № 21 - sonli «Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» 2004 yilning 1 yanvaridan amalga tadbiq etildi. Bu me’yoriy hujjatlar xo’jalik yurituvchi subyektlarda tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy qoidalarini belgilaydi, shuningdek kimning qaramog’ida bo’lishi, mulk shakllari hamda faoliyat turlaridan qat’iy nazar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarga tegishlidir. Shu bilan birga xo’jalik yurituvchi subyektlar bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib xo’jalik yuritishning tashkiliy - huquqiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat xarakterlari, xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi hamda nazoratni tashkil etish usullarini tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradigan xo’jalik yurituvchi subyektlar amaldagi qonunchilik asosida belgilash huquqiga ega. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida (yangi tahriri)»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi hududida ham undan tashqarida joylashgan barcha O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan davlat tashkilotlari va boshqarmalari, yuridik shaxslar, ularning sho’ba xo’jaliklarilari, filiallari, vaqilliklari va boshqa tashkiliy bo’linmalari buxgalteriya hisobining subyektlari ekanligini belgilaydi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling