1 mavzu: tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalte-riya hisobining normativ-huquqiy va tashkiliy asoslari reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat


-modda. Valyuta operasiyalarini o’tkazishga doir cheklovlar


Download 222.5 Kb.
bet16/20
Sana03.02.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1154996
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-мавзу Магистр 1 к лотин

21-modda. Valyuta operasiyalarini o’tkazishga doir cheklovlar
Markaziy bank valyuta operasiyalarini o’tkazishga nisbatan:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida;
to’lov balansining barqarorligiga tahdid mavjud bo’lgan hollarda Xalqaro valyuta jamg’armasi bitimining Moddalari doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda cheklovlar joriy etishi mumkin.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank bilan kelishgan holda valyuta operasiyalarini o’tkazishga doir cheklovlar joriy etishi mumkin.
Cheklovlarning amal qilish muddati ular joriy qilingan paytdan e’tiboran bir yildan oshishi mumkin emas. Cheklovlar belgilangan muddat o’tgach, bekor qilingan deb hisoblanadi. Cheklovlarning amal qilishi muddatidan avval to’liq yoki qisman bekor qilinishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.27.00.00 Валютани тартибга солиш ва валютани назорат қилиш / 07.27.08.00 Валюта ва валюта бойликларини олиб кириш ва олиб чиқиш;
2.10.00.00.00 Ташқи иқтисодий фаолият. Божхона иши / 10.07.00.00 Жисмоний шахслар томонидан божхона чегараси орқали валюта, товарлар ва транспорт маҳсулотларини олиб ўтиш]
22-modda. O’zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish
Jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million so’m ekvivalentdan ortiq bo’lmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanadi, bundan O’zbekiston Respublikasi banklari mustasno.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.27.00.00 Валютани тартибга солиш ва валютани назорат қилиш / 07.27.09.00 Валюта назорати]

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling