1 mavzu: tashqi iqtisodiy faoliyat buxgalte-riya hisobining normativ-huquqiy va tashkiliy asoslari reja: Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 222.5 Kb.
bet19/20
Sana03.02.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1154996
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-мавзу Магистр 1 к лотин

27-modda. Nizolarni hal etish
Valyuta operasiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
28-modda. Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019 y., 03/19/573/3942-son; 23.01.2021 y., 03/21/669/0060-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/00375-son)
O’zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag’larining naqdligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish buxgalteriya hisobi schetlar rejasidagi quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”.
5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag’larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag’larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko’chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o’tkazilgan summalar 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo’yicha operasiyalar bank ko’chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Valyuta mablag’larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo’yicha yuritiladi.
Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5200) ning bog’lanishi:


Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling