1 mavzu temir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlili asoslari reja


Download 61.46 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi61.46 Kb.
#1165420
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзуTemir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlilining mazmuni va mohiyati


1 mavzu TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA MOLIYAVIY VA BOSHQARUV TAHLILI ASOSLARI
Reja:

  1. Temir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlilining mazmuni va mohiyati

  2. Boshqaruv tahlili fanining metodi va uning o’ziga xos muhim xususiyatlari

  3. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida qo’llaniladigan usullarni guruhlarga ajratish


  1. Temir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlilining mazmuni va mohiyati

Temir yo‘l transporti mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanib, tashish jarayonini tashkil etishda ishtirok etuvchi ishlab chiqarish, texnik, iqtisodiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi murakkab kompleksni tashkil etadi. Temir yo‘l transporti xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning asosiy maqsadi tashish ishlarini samarali tashkil etish imkoniyatlarini aniqlash, ulardan foydalanish va ish natijalarini ob’yektiv baholash orqali yuqori natijalarga erishishdir.


Temir yo‘l transporti boshqaruv faoliyatini tahlil qilishni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati (tarkibiy bo‘linmalar) iqtisodiy xizmatlar ko‘rsatuvchi bo‘linmalar ishtiroqida tashkillashtiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirishga “Iqtisodiy tahlil va prognozlash” boshqarmasi mas’ul hisoblanadi. Tahlil temir yo‘l boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirilib, yuqori organlar tomonidan belgilangan muddatlarda analitik ma’lumotlar taqdim etiladi.
Tahlilni amalga oshirish uning dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi. Dasturda boshqaruv tahlil kim tomonidan olib borilishi, maqsadi, faoliyatning qaysi bo‘limi tahlil qilinishi, mas’ullar va muddatlari belgilanadi. Shu bilan birga, dastur o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishni, umumlashgan xulosa va takliflarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Tahlilning mazmuniga, sifatiga va natijasiga mavjud shart sharoitlar, ya’ni ichki va tashqi omillar ta’sir etadi.
Ichki omillarga korxona boshqaruvi bilan bog‘liq sabablar ta’sir ko‘rsatadi. Analitik ishni tashkil etuvchilarning mahorati, kvalifikatsiyasi, har tomonlama chuqur tahlilni amalga oshirishga qiziqishlari va uning natijalariga mas’ulliklari tahlilni sifati qanday bo’lishini belgilab beradi1.
Tashqi omillar temir yo‘l korxonasiga bog‘liq bo‘lmagan omillardir. Bular tahlilning uslubiy jihatdan ilmiy tashkillashtirilganligi, ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, buxgalteriya hisobi va statistik hisobning avtomatlashtirish darajasidir.
Bu ishlarni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasi ham tahlilning natijaviyligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Ish yetarli darajada uslubiy jihatdan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay, uni malakali mutaxassis amalga oshirishi zarur. Analitik ishni amalga oshiruvchi temir yo‘l tarkibiy tuzilmasini, ishlab chiqarish va tashish texnologiyasini, xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni temir yo‘lga xos uslubiyatini bilishi zarur. Shu bilan birga, kamchiliklarni aniqlay olishi, ularning yuzaga kelish sabablarini tushuna olishi, reja-prognoz, hisobot va o‘tgan davr ma’lumotlarini haqiqatdagi natijalardan farqlanishi darajasini baholay olishi zarur.
Tahlilni amalga oshiruvchi iqtisodiy tahlilni natijalaridan manfaatdor va uning natijaviyligiga mas’ul bo‘lishi kerak. Tahlil o‘tkazuvchini o‘z vazifasiga ijodiy yondashishi korxona faoliyatini yaxshilash bo‘yicha aniq va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. Analitik ishni amalga oshiruvchi korxonaning ishini yaxshilash zaxiralarini aniqlab, yangi g‘oya va takliflar bilan chiqishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishda moliyaviy va boshqaruv tahlilining roli keskin oshmoqda va asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
• O’rganilayotgan ob’ektga (hodisaga) to’g’ri va xolisona baho berish;
• “O’zbekiston temir yo’l yo’llari” AJning2 biznes rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash;
• Tuzilgan biznes rejalarning to’g’ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish;
• Har bir yo’nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sirini hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish;
• Biznes rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir xo’jalik sub’ektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarni o’rganish;
• Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish;
• Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potentsialiga, uning to’lovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlarni qo’llash yo’llarini ishlab chiqish;
• Xo’jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;
• Korxonalarda mavjud bo’lgan samaradorlikni oshirish yo’lida ularning imkoniyatlarini aniqlash;
• Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka ko’rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish;
• Korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg’or g’oya va tajribalarni o’rganilayotgan hodisaga qo’llash yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib berish, tegishli axborotlar manbaini etkazib berish;
• Eng to’g’ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalarni boshqarish bo’yicha xulosalar berish;
• Korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko’rsatkichlar asosini aniqlash;
• Rejaning bajarilishiga ob’ektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash;
• Korxonalarning xo’jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo’lgan natijalarni oldindan aniqlash.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv faoliyatini zaruriyatga qarab o’zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir.
Yangi moliyaviy yili uchun ishlab chiqilgan biznes-reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan qarordir. Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko’zda tutilmagan imkoniyatlar aniqlanadi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab darajasiga ko’taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta’minlaydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o’rtasidagi bog’liqlik aniq ko’rinib turadi. Biznes reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va yakunlanadi
Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi shakllarni aytib o’tish mumkin (1-chizma).

1-chizma. Moliyaviy va boshqaruv tahlili tamoyillari





Download 61.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling