1 mavzu temir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlili asoslari reja
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish
Download 61.46 Kb.
|
1-мавзуTemir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlilining mazmuni va mohiyati
1.5. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish
Temir yo‘l transporti korxonalarida tahlil ma’lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o‘tkazilganligiga qarab turli shaklda umumlashtiriladi. Temir yo‘l transporti korxonalari va bo‘linmalarini xo‘jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo‘jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi. Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o‘tkazganligiga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug’i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin. Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar-ni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko‘rsatiladi. Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga korxonaning aksiyadorlar umumiy majlisi materiallari, turli xil diagrammalar, jadvallar va grafiklar tuzib, jamoaga ko‘rsatma sifatida osib qo‘yish, oynoma va ro‘znoma sahifalarida ma’lumotlarni chop etish, axborot doskalaridagi ko‘rsatkichlarni e’lon qilib borish ham mumkin. Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha yillik yoki choraklik hisobotiga tushuntirish xatlari, yuqori tashkilotlarni ularga bo‘ysunuvchi tashkilotlar xulosalari kabilar bo‘lishi mumkin. Tushuntirish xati rejani bajarilishi haqidagi umumiy tavsifnomada va ko‘rsatkichlarni avvalgi davrlarga nisbatan o‘zgarganlik ma’lumotlaridan boshlanadi. So‘ngra natijaning rejadan tafovuti sabablari, ayrim omillarning o‘zaro bog‘lanishi va ularning xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari ifodalanadi. Analitik hisob-kitoblar analitik jadvallar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Ularni har biriga xulosalar va ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi. Bayonnomaning xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni to‘zatish yo‘l-yo‘riqlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar bayon qilinadi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday tahlil korxona rahbarining aktsiyadorlarni umumiy yig‘ilishidagi ma’ruzasi uchun zarur bo‘ladi. Ishlab chiqarishning texnik tomoni bevosita moliyaviy tahlilning predmeti bo‘lmaydi, lekin moliyaviy ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, texnik-iqtisodiy tahlilga aylanadi. Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy tahlilida ko‘rsatkichlar ikki guruhga ajratiladi: birinchi guruhga texnologiyaning haqiqiy darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, mehnat tashkili va boshqalar, ikkinchi guruhga esa – resurslardan foydalanish sifatini tavsiflovchi natijaviy ko‘rsatkichlar kiradi. Resurslarning ishlatilish jadalligini tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: asosiy ishlab chiqarish fondlarining qaytimi, tashishlarni material sig‘imi, mehnat unumdorligi. Ikkala guruh ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan va mantiqan ketma-ketligida tahlil qilinadi, tahlil uslubi sifatida taqqoslash usuli qo‘llaniladi. Tahlil natijasida ishlab chiqarish quvvatlarni ratsional va jadallik foydalanishiga ko‘maklashadi; ishlovdagi asosiy fondlarni o‘z vaqtida yangilanish; yuqori ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarni tatbiq etish; boshqaruv organlari va ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish-ga; mehnat unumdorligi oshishiga; tashish jarayonini yo‘lga solishga; shartnoma munosabatlarini rivojiga, foyda va rentabellik darajasini oshishiga va h.k. Tashish hajmi korxonaning daromad, xarajatlar, foyda va rentabellikka muhim ta’sir qiladi. Tashishning reja ko‘rsatkichlari temir yo‘l ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiladi va tahlilning quyidagi maqsadlarini belgilaydi: - tashish rejasini tavsiflash; - yuk va yo‘lovchilar tashish hajmini oshirish rezervlarining miqdoriy baholash; - yuk va yo‘lovchilar tashish hajmini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi; - moliyaviy natijaga ta’sir etuvchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlar ta’sirining darajasini baholash. Tahlil jarayonida quyidagilar baholanadi: joriy davr rejasining bajarilishi; tashishlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarishini, tashish sifatini va hajmini oshirish rezervlari. Tahlil uchun axborot manbalari sifatida quyidagi oylik, choraklik va yillik statistik hisobotlari qo‘llaniladi: SO-11, SO-12, SO-13, SO-22, SO-27; GO-1, GO-2, GO-3, GO-7, GO-10 va ularning tushuntirish xatlari. Ushbu hisobot shakllarda yuk toifalari va umumiy tashilgan yuklarning yuk ortish, tushirish, tashish, yo‘lovchilar tashish, yuk va yo‘lovchilar tashish. Download 61.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling