Mini kompyuterlar: foydalanuvchilarga ma’umotlarni saqlash, sodda
masalalarni yechish imkonini beradi.
Kompyuter tizimi modulli strukturadan iborat. Tizimda har bir qurilma ucun
qurilmalar nazoratchisi deb nomlanuvchi maxsus boshqarish qurilmasi mavjud.
Barcha modullar tizim shinasi(system bus) orqali bog’langan. Har bir nazoratchi
ishini drayver boshqaradi. Drayver amaliyot tizimining bir qismi hisoblangan
maxsus dasturdir.
Markaziy protsessor – kompyuter tizimi buyruqlarini bajaruvchi qurilma.
Zamonaviy kompyuterlarda u ko‘p toshli bo‘ladi, yani uning tarkibida umumiy
xotirada parallel ishlovchi 2tadan 32tagacha toshli protsessorlar bo‘ladi.
Operativ xotira – qayta ishlanuvchi ma’lumotlarni saqlovchi qurilmadir.
Xotira hajmi –1yoki 2 terrabayt va undan katta;
kam hajmli xotirani ishlatish tavsiya etilmaydi. Xotiraning taktli chastotasi–
1.5 GHZ yoki 2.4 GHZ gacha
Tizimli shina–kompyuterning barcha modullari ulangan qurilmadir
Shinaning taktli chastotasi
–
1–1.5 GHz. Odatda PCI (Peripheral Component Interconnect) turdagi shinalar
ishlatiladi. Unga protsessor, xotira, disklar, printer, modem va boshqa tashqi
qurilmalar ulanadi. Portlar– kompyuterga tashqi qurilmalarni ulovchi qurilma. Har
bir port o‘zining nazoratchisi hamda drayveriga ega.
Ko‘p hollarda USB (Universal Serial Bus) porti ishlatiladi. USBportiga turli
qurilmalar ulanishi mumkin. Bunda kompyuterni o‘chirish talab etilmaydi. USBning
turli tezlikda ishlovchi bir nechta standarti bor. Eng ko‘p tarqalgani port tezligini
sekundiga 240-260 megabit bo‘lishini ta’minlovchi USB2.0.
Ko‘p ishlatiladigan tashqi xotiraturlar:
Flesh xotira(Fleshka)–USB port orqali ulanuvchi kompakt o‘lchamli tashqi
xotira. Parametrlar: hajmi 128 gigobayt va undan yuqori; tezligi USB2.0 porti
orqali sekundiga 240-260 megabit.
Do'stlaringiz bilan baham: |