1-mavzu. Texnik tizimlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Reja: «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari»


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana10.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1086337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu



1-mavzu. Texnik tizimlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanishning asosiy yo’nalishlari. 
Reja: 
1.«Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari» fanining predmeti va uslublari.
2.Texnik tizimlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) asosiy 
vazifalari va tarmoq sohalarida qo'llash.
3.Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va tarkibiy tuzilmasi.
4.O'zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi asosiy yo'nalishlar, amaldagi 
qonunlar.
5.AKT texnik yo'nalishlarida tadbiq etish tamoyillari, raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani moderinizatsiya qilish. 
6.Kompyuter etikasi
XXI asr boshi jamiyatning barcha hayot sohalarini axborotlashtirish, 
globallashtirsh va texnikalashtirish bilan harakterlanadi, bu esa o‘z navbatida fan
ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvning jahon miqyosidagi keyingi rivojlanish 
tamoyillarini belgilab beradi. Barcha davlatlarda iqtisodning rivojlanishi, turli 
sohalardagi kompaniyalarning ish faoliyatining kengayishihi, axborotlarning 
yig’ish, uzatish, himoyalash kabi tizimlarini takomillashtirish talabi, ishlab 
chiqarishning samarasini oshirish harakatlari–bularning hammasi har bir davlatda 
turli sohalarni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini 
qo‘llash jarayonlarini bajarish talabani belgilovchi faktorlardir. Ma’lumki, texnik 
sivilizatsiyaning rivojlanish masalasini hal etishda axborotlashtirishni kompyuter va 
kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borishdan boshqa muqobil yo‘l yo‘q 
bo‘lsa kerak. Axborot eng muhim va bebaho resurs bo‘lgan axborotlashgan 
jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi uni axborotlashtirish darajasi bilan 
baholanmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot yurituvchi 
kuchning asosiy mahsuloti sifatida 
qaraladi, axborot texnologiyalari esa 
jamiyatning axborot resurslarini faollashtirish va samarali foydalanishning muhim 
vositasidir. Shuning uchun AKTni jadal rivojlantirish va takomillashtirish masalasi 
hozirgi kunda mamlakat va jahon miqyosida strategik jihatdan muhim masalaga 
aylandi. Hozirgi sharoitda har bir jamiyat va uning institutlarining zamonaviy 
AKT vositalari yordamida axborotni yig’ish, ishlov berish, tahlil qilish
tizimlashtirish kabi qobiliyati ijtimoiy va texnologik progresning muhim dalilidir. 
Axborot texnologiyalari komminikatsiya vositalaridan faol faoydalanish natijasida 
axborot-kommikatsiya texnologiyalari tushunchasi ishlatilmoqda. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling