Amaliyot tizimining 2 ta asosiy maqsadi mavjud:
Ilovalarni boshqarish ilovalarga apparat vositalariga
kirish imkoniyatina
yaratib beradi. Optimal rejimda tizim ma’lumotlari va resurslarini boshqarish.
Amaliyot qurilma drayverlari kichik dastur ko‘rinishida bo‘lib,
dasturni qurilmalar
bilan yuqori darajada muloqot qilishiga yordam berish uchun ishlab chiqiladi.
Boshqaruv dasturlarining drayverlari apparat qurilmalari
va amaliyot tizimlari
o‘rtasida muloqotni ta’minlaydi. Qurilma drayverlari
Windowsni qurilmalar bilan
birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Drayverlar yadro holatida
ishlaydi hamda kiritish-
chiqarishda boshqaruv va apparat ta’minoti o‘rtasidagi interfeysni ta’minlaydi.
Qurilma drayverlarining bir qancha turlari mavjud.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR.
1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot-komunikasiya texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
3. Zamonaviy jamiyatda axborot-komunikatsiya texnologiyalarining o‘rni?
4. AKTni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarni sanab bering?
5. Raqamli iqtisodiyot nima?
6. Raqamli iqtisodiyot qanday belgilardan tashkil topgan?
7. Sinxron kiritish-chiqarishning asinxron
kiritish-chiqarishdan farqi
nimada?
8.Qurilmalar holati jadvali nima va u nima uchun ishlatiladi?