1-mavzu. Texnik tizimlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Reja: «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari»


Kompyuter tizimlari va asosiy komponentalari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana10.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1086337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

Kompyuter tizimlari va asosiy komponentalari 
Kompyuter ma’lumotlarni qayta ishlovchi maxsus qurilmadir. Kompyuter tizimlari 
kompyuter yordamida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan 
komponentalarning birlashmasidir. Har bir kompyuter tizimi apparat va dasturiy 
ta’minotning bir nechta qismlaridan tashkil topadi. 
Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimining apparat ta’minotiga apparat 
konfiguratsiyasini tashkil qiluvchi qurilmalar kiradi. Zamonaviy kompyuterlar va 
hisoblash komplekslari modul blokli konstruksiyaga ega, ya’ni apparatli 
konstruksiyaga ularni tayor tugunlar va bloklardan yigish mumkin. 
Dasturiy ta’minot. Dastur–bu buyruqlar kema-ketligidir. Har qanday 
kompyuter dasturining maqsadi apparat vositalarini boshqarishdir. Kompyuterning 
dasturiy va apparat ta’minoti bir-biri bulan uzviy bog’langan holda ishlaydi. 
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti tarkibi dasturiy konfigurasiya deb ataladi. 
Amaliy dasturiy ta’minot matnlarni, elektron jadvallarni, dasturlarni qayta ishlashga 
mo‘ljallangan.Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterni hamda Windows, Linux yoki 
UNIX kabi amaliyot tizimlarni boshqarush uchun mo‘ljallangan dasturlardan tashkil 
topgan. Ko‘pgina dasturlar boshqa pastroq darajadagi dasturlarga suyanadi, bunday 
kol dasturiy interfeys deb ataladi. Bunday interfeysning borligi, texnik sharoitning 
borligiga va protokollarning uzviy bog’liqligiga asoslangan bo‘lib amalda o‘zaro 
ta’sir etuvchi bir nechta satxlarga dasturiy ta’minotni bo‘lib beradi. Dasturiy 
ta’minotning satxlari piramida konstruksiyasiga ega. 
Baza satxi. Dasturiy ta’minotning eng past satxi baza dasturiy ta’minotidir. 
Ular asosan baza apparat vositalarining uzviy bogliqligiga javob beradi. Baza 
dasturiy vositalar qoida bo‘yicha baza qurilmalari tarkibiga kiradi va maxsus 
mikrosxemalarda saqlanadi. Ular doimiy xotira qurilmasi deb ataladi. 
Sistema satxi. Sistema satxi – o‘tuvchi(oraliqdagi). Bu satxda ishlovchi 
dasturlar kompyuter tizimining barcha dasturlari, baza dasturlari satxi va apparat 
ta’minoti bilan uzviy bog’langan holda ishlashni ta’minlaydi. 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling