1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
Dorixonalar ikki turli boʻladi:
1. Ochiq turdagi dorixonalar (xoʻjalik hisobidagi), bularda shifokor yozib bergan retsept qabul qilinadi va unga asosan dori tayyorlab beriladi; 2. Yopiq turdagi dorixonalar, kasalxonalarda davolanayotgan bemorlami dori moddalari bilan taʻminlaydi, ularda faqat ushbu kasalxona shifokori yozib bergan retsept boʻyicha dori tayyorlanadi. Dorixonalarda farmatsevtik maʻlumotga ega boʻlgan xodimlar ishlaydi, dorixona boshqaruvchisi rahbarlik qiladi. Ochiq turdagi yirik dorixonalarda umumiy xona, navbatchi, birinchi yordam berish xonasi va 3 boʻlim bor: retseptura, dori-dannonlami retseptsiz sotish va zaxiralar boʻlimi. Bulardan eng muhimi retseptura boʻlimidir, bu yerda retseptlar qabul qilinadi va tayyor dorilar beriladi, oliy fannatsevtika maʻlumotiga ega boʻlgan kontroler - retseptar shu ishlami bajaradi. Retseptar dori moddalarning yozilish qoidalarini, ularning miqdorlari, aralashtirilganda bir-biriga mos kelishini va boshqalarni bilishi kerak. Retseptura xonasi maxsus aylanma shkaflar bilan jihozlangan boʻlib, tayyorlangan dorilar shu shkaflarda saqlanadi. Assistentlar xonasida dorilar tayyorlanadi, assistentlar oʻzlari tayyorlagan dorilaming sifatiga toʻla javobgardirlar. Assistentning joyi- tayyorlanadigan dori turiga qarab jihozlanadi, masalan: bitta joy qattiq dori shakllarini - kukunlami tayyorlash uchun, ikkinchisi - suyuq dorilami, eritmalami tayyorlash uchun, uchinchisi - yumshoq dori shakllarini, malhamlami va boshqalarni tayyorlash uchun jihozlangan boʻladi. Assistentlar xonasida zaharli va taʻsiri kuchli moddalar saqlanadigan shkaflar boʻlishi mumkin. Assistentning ishini kontrolyor – farmatsevt tekshirib boradi. Steril dorilar alohida xonada aseptik sharoitda tayyorlanadi. Sterillash xonasi nihoyat darajada toza boʻlishi kerak, bu yerda assistentlar steril xalatlar va maxsus poyabzal kiyib ishlaydilar. Sterillash ishlari mazkur dori moddasi uchun belgilangan talablarga muvofiq olib boriladi. Steril eritmalar tayyorlash uchun alohida xonalari boʻlmagan dorixonalarda stol bokslaridan foydalaniladi. Damlama va qaynatmalar tayyorlanadigan xona kokteyniy deb ataladi. Distillangan suv olish uchun ishlatiladigan haydash apparati ham shu xonada boʻladi. Yuvish xonasida dorixonadagi hamma idishlar yuviladi, bu xona yuvgichlar (2 yoki 3 sektsiyali), yuvish mashinalari, quritish shkaflari va toza idish saqlanadigan shkaflar bilan jihozlangan boʻladi. Analitik xonada tayyorlangan dorilar va konsentratlar tahlil qilinadi. Dori-darmonlarni retseptsiz sotish boʻlimi retsept talab qilmaydigan tayyor dori turlarini, kasallarga qarashda ishlatiladigan buyumlami sotish uchun moʻljallangan. Dori-darmonlami retseptsiz sotish boʻlimining material xonasi boʻladi. Kechasi dorilar bilan yordam berish uchun navbatchi dorixonalar ishlaydi, navbatchilik qilishi uchun eng tajribali farmatsevtlar jalb qilinadi. Ushbu dorixonalarda dorilar berishdan tashqari, shifokor kelguncha birinchi yordam koʻrsatiladi. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling