Gigiyenik vanna qabul qilish uchun qarshiliklar: miokard infarkti, bosh miya qon aylanishi buzilishlari, gipertonik kriz, o'tkir yurak va qon-tomir yetishmovchiligi, tubekulyoz aktiv fazasi, teri kasalliklari, qon ketishi. Gigiyenik vannani tug'ayotgan ayollar va shoshilinch xirurgik yordamga muxtoj bemorlar qabul qilishmaydi.
Gigiyenik vanna qabul qilish uchun qarshiliklar mavjud bo'lganida bemorni avvaliga sovunga botirilgan nam salfetka bilan artib chiqiladi, so'ng toza iliq suv bilan namlangan salfetkada artiladi va quritiladi.
Gigiyenik vanna.
Kerakli ashyolar: fartuk, rezina qo'lqop, cho'tka, vanna tozalash uchun vosita, 0,5% xlor ohaki, suv termometri, sovun va mochalka, sochiq va toza kiyim.
Fartuk va qo'lqoplar taqiladi.
Xona xarorati 25°C bo'lishi kerak, yerga vanna oldiga rezina gilamcha solinadi, vanna tozalanadi.
Vannaga suv to'ldiriladi (avval sovuq suv solinadi, keyin esa issiq bu xonani parlanib ketishini oldini oladi) t° 34-36°C
Fartuk va qo'lqop almashtiriladi.
Bemorga yechinishga yordam berib uni vannaga o'tkazish.
Suv bemorni ko'krak qismini tepasigacha chiqishi kerak.
Bemorni yolg'iz qoldirish mumkin emas, puls va uning holatini kuzatib turish lozim.
Agar bemor o'zi yuvina olmasa, uni yuvintirib qo'yish kerak: bosh-tana-qo'l-qov-oyoq ketma-ketligida, asosan ter yig'iladigan joylarga ahamiyat berib.
Bemorga vannadan chiqishga yordam berish, o'sha ketma-ketlikda uni sochiq bilan artish lozim. Bemorga oza kiyim kiyintiriladi.
Vanna tozalash vositasi bilan yaxshilab yuviladi, xlor ohaki bilan tozalanadi.
Fartuk va qo'lqoplar yechilib kleyonkali qopga solinadi. Qo'llar yuviladi.
Bemor vannada 15-30 daqiqa davomida tura oladi.
Gigiyenik dush.
Kerakli ashyolar: kleyonkali fartuk, rezina qo'lqop, cho'tka, vanna tozalash vositasi, 0,5% xlor ohaki, suv termometri, shaxsiy sovun va mochalka, sochiq, toza kiyim.
Fartuk va qo'lqoplar taqiladi.
Xona xarorati 25°C bo'lishi kerak, oynalar yopiladi, rezina gilamcha solib dush kabinkasi poli tozalash vositasi eritmasi bilan yuviladi.
Suv yoqiladi 35-42°C, fartuk va qo'lqoplar almashtiriladi. Bemorga yechinishga yordam beriladi va dush kabinkasida taburetga o'tkaziladi.
Agar bemor o'zi yuvina olmasa, uni yuvintirib qo'yish kerak: bosh-tana-qo'l-qov-oyoq ketma-ketligida, asosan ter yig'iladigan joylarga ahamiyat berib.
Bemorga dushdan chiqishga yordam berish, o'sha ketma-ketlikda uni sochiq bilan artish lozim.
Dush kabinkasining poli yuvib clor ohaki eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi.
Fartuk va qo'lqoplar yechilib kleyonkali qopga solinadi. Qo'llar yuviladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |