1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 347.64 Kb.
bet37/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Suniy oziqlanish
Suniy oziqlantirish deyilganda oziq-ovqat mahsulotini enteral (yunoncha entera– ichak) ya’ni oshqozon-ichak trakti orqali va parenteral (yunoncha para – yaqin,entera – ichak) -oshqozon-ichak trakti yonidan o‘tib yuborish tushuniladi.


Suniy oziqlanish uchun asosiy ko‘rsatmalar:
  • Til, halqum, hiqildoq, qizilo‘ngachning zararlanishi: shish, travmatik shikastlanish, o‘sma, kuyish va boshqalar.


  • Yutishning buzilishi: operatsiyadan so‘ng, miya shikastlanishida – miyada qon aylanishi buzilganda, botulizm va boshqalar.


  • Oshqozon kasalliklari (unda o‘tkazuvchanlikning buzilishi bilan)


  • Koma holati


  • Ruhiy kasallik (oziq-ovqatni rad etish).


  • Kaxeksiyaning terminal bosqichi.




Enteral oziqlanish – ozuqlantiruvchi davolash usuli (lot nutricium - oziq-ovqat). Organizmning energetik va plastik ehtiyojlarini tabiiy yo‘l bilan ta’minlashning imkoni bo‘lmaganda ishlatiladi. Bu holda ozuqa og‘izdan yoki oshqozon zondi yoki ichak zondi orqali yuboriladi. Ilgari oziq moddalarni yuborishning rektal usuli (rektal oziqlantirish - oziq-ovqatni yo‘g‘on ichak orqali yuborish) ham ishlatilgan. lekin yo‘g‘on ichak orqali yog‘lar va aminokislotalar so‘rilmasligi isbotlanganligi uchun, zamonaviy tibbiyotda bu usuldan foydalanilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi hollarda (masalan, to‘xtovsiz qusish tufayli o‘tkir suvsizlantirishda) fiziologik eritmalarni (0,9% li natriy xlorid), glyukoza eritmasini rektal yuborish mumkin. Bu usul oziqlantiruvchi xuqna deyiladi.
Davolash-profilaktika muassasalaridagi enteral oziqlantirish jamoasi anestiziolog-reanimatologlar, gastroenterologlar, terapevt va jarrohlarni o‘z ichiga oladi va ular enteral oziqlantirish uchun zarur tayyorgarliklarni ko‘radilar.
Asosiy ko‘rsatmalar:
  • neoplazmalar, ayniqsa, bosh, bo‘yin va oshqozonda;


  • markaziy asab tizimi buzilishlari - koma, miyada qon aylanishining buzilishi; nurli va kimyoterapiyasi;


  • oshqozon-ichak kasalliklar - surunkali pankreatit, yarali kolit va boshqalar;


  • jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari;


  • preoperativ va postoperativ davrda ovqatlantirish;


  • travma, kuyishlar, o‘tkirzaharlanish;


  • yuqumli kasalliklar - botulizm, qoqshol


  • ruhiy buzilishlar – ruhiy anoreksiya (ovqatni rad etish), og‘ir depressiya




Asosiy qarshi ko‘rsatmalar: ichak o‘tkazuvchanligining buzilishi, o‘tkir pankreatit, malabsorbsiyaning og‘ir shakllari (lot. malus - yomon,absorptio- yutilish; ingichka ichakda bir yoki bir necha oziq moddalar so‘rilishining buzilishi), davomiy oshqozon-ichakdan qon ketishi, shok anuriya (buyrak faoliyatining o‘tkir almashinuvi yo‘qolganda), tayinlangan ozuqaga oziq-ovqat allergiyasining mavjudligi; qusish.
Enteral oziqlantirishning davomiyligi va oshqozon-ichak traktining turli qismlari funksional holatini saqlashiga bog‘liq ravishda ozuqani yuborishning quyidagi yo‘llari farqlanadi:
1. Ozuqa aralashmalarni ichimlik shaklida naycha orqali kichik qultumlarda yuborish
2. Nazoduodenal, nazogastral, nazoyeyunal va ikki kanalli zond usullari orqali oziqlantirish
3. Stomani qo‘yish (yunoncha stoma - teshik: jarrohlik yo‘li bilan g‘ovak organga o‘rnatilgan fistula); gastrostoma (oshqozondagi teshik), duodenostomiya (o‘n ikki barmoqli ichakdagi teshik), yeyunostoma (ingichka ichakdagi teshik). Stoma jarrohlik laparotomik yoki jarrohlik endoskopik usullarida o‘rnatiladi.
Ozuqa moddalari enteral yuborishning bir necha usullari mavjud:
• alohida qismlarda (fraksion) tayinlangan parhezga muvofiq (masalan, 50 ml dan kuniga 8 marta, 300 ml dan kuniga 4 marta);
• tomchilab, sekin, uzoq vaqt davomida;
• oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus dozator yordamida avtomatik ravishda boshqarish orqali.
Enteral oziqlantirish uchun suyuq ozuqadan foydalaniladi (sho‘rva, mors, sut aralashmasi, mineral suv); shuningdek gomogen parhez konservalari (go‘shtli, sabzavotli) va oqsil, yog‘, uglevodlar, mineral tuz va vitaminlari muvozanatlashgan aralashmalar ham qo’llanilishi mumkin.
Enteral oziqlantirish uchun quyidagi ozuqa aralashmalaridan foydalaniladi:
  • Ingichka ichakdagi gomeostaz holatining erta qayta tiklanishiga va suv-elektrolit muvozanatini qo‘llab-quvvatlovchi aralashmalar: "Glyukosolan", "Gastrolit", "Regidron".


  • Elementar, kimyoviy antiqa ozuqa aralashmalari – ovqat hazm qilish faoliyati buzilgan og’ir kasalliklar va yaqqol metabolik o‘zgarishlarga ega bo’lgan bemorlar uchun (jigar va buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet va boshqalarda): "Vivoneks", "Travasorb", «Hepatic Aid» (tarmoqlangan aminokislotalar – valin, leysin, izoleysinlarning yuqori ta’minoti bilan).


  • Yarim elementar muvozanatlashgan ozuqa aralashmalari (odatda, ularning tarkibiga vitaminlar to’liq majmui, makro- va mikroelementlar kiradi) ovqat hazm qilish faoliyati buzilgan bemorlar uchun: «NutrilonPepti», «Reabilan», «Peptamen» va boshqalar.


  • Polimer, yaxshi muvozanatlashgan ozuqa aralashmalari (barcha muhim oziq-moddalar optimal nisbatda bo’lgan sun’iy tayyorlangan ozuqa aralashmasi): quruq ozuqa aralashmasi "Ovolakt", "Unipit», «Nutrison» va boshqalar; ishlatish uchun tayyor, suyuq ozuqa aralashmalari («Nutrisonstandart», «NutrisonEnergy» va boshqalar).


  • Modulli ozuqa aralashmalari(bir yoki bir necha makro- yoki mikroelementlar konsentrati) inson kunlik ratsionini boyitish uchun qo’shimcha manba sifatida ishlatiladi: "Oqsilli ENPIT", "Fortogen", "Dieta-15", "AtlanTEN", "Peptamin" va boshqalar. Modulli aralashmalarning oqsilli, energetik va vitamin-mineralli turlar farqlanadi. Ular muvozanatli emas, chunki, bu aralashmasi, bemorlarning Ular muvozanatlashmaganligi sababli izolyatsiya qilingan enteral ozuqa sifatida ishlatilmaydi.


  1. Enteral oziqlantirish uchun aralashma turini tanlash kasallikning tabiati va og‘irligiga, shuningdek oshqozon-ichak vazifalarini saqlab qolish darajasiga bog‘liq. Shunday qilib, normal talab va oshqozon – ichak vazifalari yaxshi saqlanganda standart ozuqa aralashmalar; kritik va immun tanqisligida – oson o’zlashtiriladigan oqsil, mikroelementlar, glutamin, arginin, omega-3 yog‘ kislotalari bilan to’yingan ozuqa aralashmalari; buyrak faoliyati buzilganda – yuqori biologik qimmatli oqsil va aminokislotalarga ega ozuqa aralashmalari buyuriladi. Ichak faoliyati buzilganda (o’tkazuvchanligining buzilishi, malabsorbsiyaning og’ir shakllari) bemor parenteral oziqlantiriladi.






  2. Download 347.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling