1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Burundan nafas olishni yaxshilashga yordam beruvchi muolajalar


Download 347.64 Kb.
bet42/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Burundan nafas olishni yaxshilashga yordam beruvchi muolajalar
Muolaja. Burun bo’shlig’ini tozalash
Natija: burun bo’shlig’i tozalanishida burundan to’laqonli nafas olishning tiklanishi.
Ko’rsatmalar: burundan nafas olish qiyinlashganda ko’p miqdorda shilimshiq ajralishi, burun ichida po’stloqlar bo’lishi.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Bemorning holati: yotib yoki o’tirib.
Jihozlar: lotok paxtali tamponlar, vazelin (o’simlik) moyi.
Bajarilishi:
1. Burun ichida shilimshiq bo’lsa, paxta tamponlari navbatma-navbat burun yo’llariga extiyotkorona aylanma harakatlar bilan kiritiladi.
2. Burun yo’llaridagi po’stloqlarni moy bilan ho’llangan va burun yo’llarida 2-3 daqiqa qoldirilgan paxta turundalari bilan tozalash mumkin (turundaning bo’sh uchi burun teshigida bemalol turadi).
Muolaja. Burun shilliq qavatini moylash
Maqsad: po’stloqlarni yumshatish, shilliq qavatni namlash, shilliq qavatni qurib qolishdan himoya qilish.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: tayoqchalarda paxtali sharchalar, dorivor moddalar, salfetka.
Bemorning holati: o’tirib yoki yotib.
Bajarilishi:
1. Qo’lingizni yuving.
2. Paxta shariklarini (taralgan paxta bo’lagi) chap qo’lning ko’rsatkich barmog’i do’mboqchasiga joylashtiring; uning ustiga qattiq sterjenni (qirqmali zond, o’ymali yog’och tayoqcha) qo’yib, soat millari bo’yicha aylantiring. Paxtani o’ragan vaqtda u sterjenda mustahkam turishini va surtish vaqtida burunning orqa bo’limlarida qolib ketmasligini kuzating, chunki bu holat paxtaning traxeya va bronxlarga tushishiga olib kelishi mumkin.
3. Paxtali sharchani dorivor eritma bilan ho’llang va to’qimalarni shikastlamaslik uchun o’rtacha chuqurlikka kiritib, burun yo’llarining shilliq qavatini arting, kerak bo’lsa muolajani takrorlang.
Muolaja. Burun bo’shlig’ni yuvish
Po’stloqlar ko’p va shilliq qavat quruq bo’lganda, burunni nam usul bilan tozalash lozim. Yuvish uchun suv yoki sust dezinfekasiyalovchi eritmalar (furasilin, borat kislota) ishlatiladi; foydalanishdan avval uni tana haroratigacha isitish zarur. Eritma burun bo’shlig’iga pulverizator yordamida purkaladi, burun bo’shlig’iga oz miqdordagi suyuqlikni quyish mumkin. Quyilgan suyuklik og’iz orqali to’kiladi va bemorning qo’lidagi lotokka yig’iladi. Burunni yuvib bo’lgandan so’ng, bemor burunning bir tomonini yopib, burunni qoqishi lozim; burunni ikki tomondan bir vaqtning o’zida qoqish mumkin emas, chunki infeksiya burundan eshitish nayi orqali o’rta quloqda tushishi mumkin.

Download 347.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling