Ko’krakdagi og’riq nafas olish buzilganda paydo bo’lishi mumkin (o’pka yoki o’pka pardasi yallig’lanishi, surunkali kasal asoratlari)
Simptom. Nafas qisishi
Yurak-tomir sistemasi funksiyasi buzilganda nafas qisishi- karbonat angidrid gazi ortib ketganidan nafas olish markazining qo’zgalishi bilan boglik. Karbonat angidridning ortib ketishi qon aylanishining kichik doirasida venoz to’laqonlik oqibatida kelib chiqadi. Jismoniy zo’riqish vaqtida yurak o’ynashi bilan bir qatorda nafas qisishning paydo bo’lishi yurak yetishmovchiligi boshlanayotganligining dastlabki belgilaridan biri hisoblanadi. Qonda kislorod miqdorining kamayishi, qon oqishining sekinlashishi va venoz to’laqonlik natijasida terining ko’kimtir rangi — sianoz vujudga keladi. Yurak ishlashining buzilishi oqibatida kelib chiqqan nafas qisishining kuchli xuruji yurak astmasi deb nomlanadi («Nafas olish» bo’limiga qarang).
Simptom. Shishlar
Yurak-tomir sistemasi kasalliklarida shishlar yurakning yetarli darajada ishlamayotganligi, qon aylanishi katta doirasining venalari to’lib ketishi, qonning suyuq qismi tomirlardan atrofdagi to’qimalarga chiqishi oqibatida paydo bo’ladi. Bemorlarda jigar kattalashadi, teri osti kletchatkasining shishlari, bo’shliq istisqosi (qorin, plevra bo’shlig’i) paydo bo’ladi. Shishlarning rivojlanishiga suyuqlik to’planib qolishi sabab bo’ladi, bu ajralayotgan siydik miqdorning kamayishi va vaznning og’irlashib ketishida namoyon bo’ladi.
Shishlarni vaqtida parvarish qilish tamoyillari
1. Qat’iy bo’lmagan yotish rejimini va ruhiy osoyishtalikni ta’minlang.
2. Shishlar paydo bo’lganda terining himoya xususiyatlari keskin pasayadi va infeksiya kirishiga imkoniyat yaratadigan yoriqlar paydo bo’ladi; bemor choyshabi tekis to’g’rilangan qulay o’ringa muhtoj buladi (teri bichilishi va yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin).
3. Suyuqlik ichish rejimiga rioya qilinishini kuzating, ajratilgan siydik miqdorini har kuni o’lchab turing, ma’lumotlarni maxsus kundalikka yozib boring.
4. Ratsional davolovchi ovqatlanishni ta’minlang, og’ir bemorlar ovqatlanishda yordamga muhtoj bo’ladilar.
5. Bemorning qarindoshlariga yordam ko’rsatish usullarini o’rgating.
6. Gigienik vanna yoki dush faqat shifokorning ruxsati bilan amalga oshiriladi; yuragi kasal bemorlarga ushbu muolajalar man qilinganda, ularning terisi namlangan doka yoki paxta bilan, so’ngra quruq qilib artiladi.
Qorin bo’shlig’idagi turib qolish hollari ishtaha buzilishi, ko’ngil aynishi, qusish, qorinning tepa qismida shishib ketish tuyg’usi, qabziyatga olib keladi; ichaklarni o’z vaqtida bo’shatish bemorning ahvolini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |